Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Real» Bernardu Silva transferi uchun 100 million yevro sarflashiga to‘g‘ri keladi

«Real» Bernardu Silva transferi uchun 100 million yevro sarflashiga to‘g‘ri keladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silvaning erkin agent maqomida jamoaga o‘tganini e’lon qildi.

Superdeporte nashrining xabar berishicha, transferning bepul amalga oshganiga qaramay, Madrid klubi portugaliyalik futbolchi uchun baribir katta miqdorda mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi. «Qaymoqranglilar» futbolchining maoshi, soliqlar va agentlik vositachilik haqlari (komissiya to‘lovlari) uchun umumiy hisobda taxminan 100 million yevro to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Bernardu Silva 2017 yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U «shaharliklar» tarkibida barcha musobaqalarda jami 460 ta uchrashuvda maydonga tushib, 76 ta gol urdi va 77 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Manchester klubi safida portugaliyalik futbolchi 20 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 00:48, 18.06.2026.
O'qildi: 6504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик