Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

APL. Bir mavsumda eng ko‘p urgan hujumchilar o‘nligi: "maxluq" yetakchilikni qo‘lga olish arafasida

APL. Bir mavsumda eng ko‘p urgan hujumchilar o‘nligi: "maxluq" yetakchilikni qo‘lga olish arafasida

Baho:
+ | -

Erling Xoland o‘zining Angliya Premyer-ligasidagi qisqa faoliyati davomida turnirning bir nechta rekordlarini buzishga ulgurdi. "Manchester Siti" hujumchisi o‘z ishini hali oxirga yetkazganicha yo‘q. Bugun biz APLning bitta mavsumida eng ko‘p gol urgan futbolchilarga nazar tashlaymiz. Ro‘yxatda Xoland ham mavjud va u yetakchilikka yaqin turibdi.

"Shaharliklar" futbolchisi 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta golga mualliflik qildi. Mavsum yakunlanishiga hali 10 ta tur bor bir paytda, bunday natija qayd etish aqlga sig‘maydi. Xoland shu paytga qadar 4 marta xet-trikka mualliflik qildi. Uning urgan gollari, "Manchester Siti"ning mavsumdagi butun gollarining 40 foizini tashkil etadi. Agarda norvegiyalik shu zaylda davom etadigan bo‘lsa, u mavsumni 42 ta gol bilan yakunlashi kerak. Ayni damda Xoland, o‘rtacha har bir o‘yinda 1.11 tadan gol urmoqda. So‘nggi, "Sautgempton" bilan bahsda 22 yoshli futbolchi dubl muallifiga aylangandi. Bu haqida uning ustozi Pep Gvardiola shunday deydi:

"Erling dunyodagi eng murakkab ligaga keldi. Boshqa ligalarda faoliyat yuritgan inson sifatida ayta olamanki, uning hozirga qadar bajargan ishlari ajoyib. Xoland bizga eng qiyin pallalarda ham yordam bera oladi. Kevin (De Bryuyne)ning uzatmalarini golga aylantirish borasida unga yetadigani yo‘q. U o‘ziga nisbatan talabchan va kurashlarga tayyor. Ammo Ronaldu va Messi darajasiga yetish uchun hali ko‘p mehnat qilinishi kerak. Negaki, Krishtianu va Leo uzoq vaqt jarohat olmay maydonda harakat qilgan. Bu esa, o‘z navbatida barqarorlikni ta’minlaydi. Erling ham jarohatlarga chap berishni o‘rganishi kerak. U baland bo‘yli yirik futbolchi. Shu sababdan unga har tomonlama ko‘mak zarur bo‘ladi. Jismoniy va ruhiy tomonlama biz doimo uning yonidamiz. Aytishim kerakki, Xolandning aqliy salohiyati juda ham yuqori. U professional bo‘lib yashashga o‘rgangan. Men Xolandning imkoniyatlardan foydalana olmagandagi reaksiyasini bilaman. U uzog‘i 5 daqiqagina tushkun yuradi. Keyin esa yana o‘z vazifasini bajarishga chog‘lanadi. Bu xususiyat futbolchilar uchun, ayniqsa hujumchilar uchun o‘ta keraklidir".

Erling Xolandda APLdagi to‘purarlik rekordini yangilash uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Ayni paytda, bir mavsumdagi eng ko‘p gollar Alan Shirer va Endi Koulga tegishli. Ular o‘z davrida mavsumni 34 ta gol bilan yakunlagan. Ammo u paytda ligada 22 ta jamoa bo‘lardi. Bu esa o‘yinlar sonini 4 taga ko‘p bo‘lishini anglatadi. 20 ta jamoadan iborat formatdagi rekord hozircha Muhammad Salohga tegishli bo‘lib turibdi. U 2017-18 yilgi mavsumni 32 ta gol bilan tugatgan edi. Shuningdek, quyidagi ro‘yxatda Ronaldu va Suares kabi nomlarni ham ko‘rishingiz mumkin. Xususuan, Ronaldu 2007-08 yilgi mavsumda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan.

1. Alan Shirer – "Nyukasl" (34 ta gol)
2. Muhammad Saloh – "Liverpul" (32 ta gol)
3. Alan Shirer – "Blekbern" (31 ta gol)
4. Krishtianu Ronaldu – "MYU" (31 ta gol)
5. Luis Suares – "Liverpul" (31 ta gol)
6. Kevin Fillips – "Sanderlend" (30 ta gol)
7. Tyerri Anri – "Arsenal" (30 ta gol)
8. Robin van Persi – "Arsenal" (30 ta gol)
9. Xarri Keyn – "Tottenxem" (30 ta gol)
10. Erling Xoland – "Manchester Siti" (30 ta gol).

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 07:57, 11.04.2023.
O'qildi: 4785 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.