Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"Benfika"ni qayta jonlantirgan Shmidt hikoyasi

"Benfika"ni qayta jonlantirgan Shmidt hikoyasi

Baho:
+ | -

“Men hech qachon murabbiy bo‘lishni xohlamaganman. Shuning uchun men buni sevimli mashg‘ulot sifatida qabul qilaman ", deydi Rojer Shmidt Germaniyadagi birinchi jamoasini boshqarganida. U quyi divizionda yarim havaskorlar jamoasida edi. Shmidt bu yigitlarni yaxshi bilardi. Axir uning o‘zi ham xuddi shunday muhitda futbolchi sifatida harakat qilgan. Shu bilan birga u muhandis bo‘lib ishlagan. O‘shanda u 38 yoshda edi. 18 yildan so‘ng Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqib kelishini tasavvur ham qila olmagan bo‘lsa kerak.

2022 yilning yozida “Benfika” qiyin vaziyatda edi. Xorxe Jezus qishda jamoani tark etdi va vaqtinchalik murabbiy bilan jamoa avvaliga Chempionlar ligasidan chiqib jetdi va chempionatda uchinchi o‘rinni egalladi. Bu vaziyatda jamoa tezda qaror qilishi kerak edi. Va yangi tarixning me’mori Niderlandiyada ko‘rindi. Rojer Shmidtning shartnomasi nihoyasiga yetayotgan edi, demak, uni o‘ziga jalb qilish uchun barcha imkoniyatlar bor edi. U taklifni qabul qilib, PSVni ikki yildan ko‘proq vaqt ichida Kubok va Superkubok g‘olibligi bilan qoldirdi.

Bu mukammal tanlov bo‘ldi. Sizdan super natijalar kutilmaganda yaxshi boshlash har doim ham ajoyib va Shmidt shunday vaziyatga tushib qoldi. Nemis murabbiyining jamoalari qanday o‘ynashini hamma biladi. Avstriyadagi (2012-2014 yillarda “Red Bull”da) ishlaganidan beri uning yondashuvi o‘zgarmadi. Va uning o‘zi buni intervyusida juda batafsil tasvirlab beradi. Asosiysi, to‘p doimo oldingi chiziqqa boradi. Bunda Shmidt natijani ko‘rdi. Juda yuzaki fikrlash, deysizmi? U shunday deb o‘ylaganlarning ustidan kuladi. Va u haq: uning jamoasi Chempionlar ligasining chorak finalida. Garchi uning "Bayer"dagi faoliyatidang so‘ng katta klublarga yo‘l yopilgandek tuyulgan edi.

Umuman olganda, Shmidtning taraqqiyoti hayratlanarli voqea. Professional futbolning kichik ligalarida qancha murabbiy “chirigan”? Yuzlab? Minglabmi? Yoki o‘n minglab. Kam sonli insonlar yuqoriga ko‘tarilishadi. Rojer ham ulardan biri bo‘ldi. Kichik klublar orqali u Ikkinchi Bundesligaga chiqdi. Va keyin Avstriyaga “Red Bull” loyihasiga taklif oldi. Bir tomondan, ishni o‘ziga xos tarzda bajarishga odatlangan murabbiy. Boshqa tomondan, qoidalarga rioya qilishin kerak bo‘lgan imperiyaning klubi. Ularning qarashlari konseptual jihatdan kesishganligi yaxshi. Natijada sovrinlarsiz, lekin rekord statistikaga ega bo‘lgan birinchi mavsum. Ikkinchisida chempionat va kubokdagi g‘alaba. Va Bundesligadan tabiiy taklif. U yerda uni “Bayer” kutayotgandi.

Dastlabki ikki mavsum Rojerning o‘z uslubini talabga ega ekanligiga ishontirdi. Jamoa birinchi mavsumda to‘rtinchi, ikkinchisida uchinchi o‘rinni egalladi. Ammo uchinchi yil muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi, natijada tortishuvlar paydo bo‘ldi. Nemis kutilmagan yo‘lni tanladi va Xitoyga ketdi.

Muvaffaqiyat qayta ishga tushirildi. Buni nemisning PSV bilan olib borayotgan ishlari va “Benfika”ning hozirgi natijalarida ko‘ramiz. Mavsum boshidan beri ikkita mag‘lubiyat - 31 dekabrda "Braga"dan (0:3), 7 aprelda - "Portu"dan (1:2). Bu ularga chempionlik sari ishonchli tarzda borish va Chempionlar ligasida ajoyib o‘yin ko‘rsatish imkonini beradi. Aslida portugaliyaliklar “PSJ”ning quyi savatchaga tushib ketishida aybdorlardan biriga aylandi. Negaki, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ularni guruhda ortda qoldirgan "Benfika" edi.
Fransuzlar “Bavariya” tomonidan turnirdan chiqarib yuborilgan bo‘lsa, portugallar “Bryugge”dan osonlikcha o‘tib ketishdi.

Endigi navbat "Inter"ga. Shmidtga bu qarama-qarshilikdan oldin 2026 yilgacha shartnoma taklif qilishdi va murabbiy rozi bo‘ldi. Endi u 16 yil oldin maxsus ambisiyalarga ega bo‘lmagan odam emas. Hozir u g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin faqat o‘z uslubi bilan.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 15:58, 11.04.2023.
O'qildi: 1262 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.