"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, uning jamoasi o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasida haqli g‘alaba qozondi,deb hisoblaydi.
“O‘tgan mavsumda biz Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga haqli edik, bu shunchaki omad emas edi. Agar siz uchrashuvda kambek qilsangiz, bu sizning raqibingizdan ko‘ra ko‘proq g‘alaba qozonishni xohlayotganingizni anglatadi. Bu omad emas, biz boshqa jamoalarga qaraganda yaxshiroq o‘ynadik”, dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Chempionlar ligasining ushbu mavsumi chorak finalida “Real Madrid” “Chelsi”ga qarshi maydonga tushadi.













