Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-6 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda 5-1 Shtutgart
27/11 22:45 Shturm 1-0 Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-1 Persib

Aleks Fergyuson: «Futbolni APL g‘olibi sifatida tark etishni xohladim»

Aleks Fergyuson: «Futbolni APL g‘olibi sifatida tark etishni xohladim»

Baho:
+ | -

Barchamizga ma’lumki, o‘tgan haftada yaqin o‘tmishning eng mashhur futbol shaxslaridan biri - «Manchester Yunayted»ni shu darajaga chiqargan shotlandiyalik murabbiy ser Aleks Fergyuson Angliya Premyer-ligasi shon-sharaf zaliga kiritildi.

Liganing eng muvaffaqiyatli murabbiyi APL rasmiy saytiga bergan intervyusida «Yunayted»da qilgan ajoyib ishi, shu jumladan 1986-2013 yillar oralig‘ida qo‘lga kiritgan 13ta sovrini haqida gapirdi.

«Yunayted»gacha - 1986 yilgacha bo‘lgan davr  haqida

- Sakkiz yarim yilni «Aberdin»da o‘tkazdim va bu ajoyib onlar edi. Ajoyib klub, ajoyib shahar. Ammo chaqiruv qabul qilish vaqti kelgandi. Men «Tottenxem», «Arsenal», «Vulverxempton» va «Reynjers»larning takliflariga ikki martalab rad javobini berdim. Ammo menimcha, «Manchester Yunayted» boshqacha edi. Boshqaruv raisi mendan ketishni xohlaysizmi, deb so‘radi va men: «ha, xohlayman», dedim. Hech qachon Angliyada ishlamagan, o‘ynamagandim. Bu men uchun haqiqiy sinov edi. O‘shanda ular liganing pastki qismida ikkinchi o‘rinni egallashdi va mening asosiy maqsadim ligani yutish edi.

1992 yilda Erik Kantonaning kelishi haqida

- Erik Kantona kelganida, Masihga o‘xshardi. O‘yinchilar uni yaxshi ko‘rishardi, ayniqsa yosh futbolchilar. Uning mavjudligi, ishonchi, maqomi jamoaga katta ta’sir o‘tkazdi va biz chempionlikni munosib tarzda yutdik.

APLdagi barqaror muvaffaqiyat haqida

- Ilk marta Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritganimizda, bizga eshiklar ochilgandi. Liga uchun kurash - bu eng muhimi edi. Klubdagi barchani xursand qiladigan narsa ham shu edi, ya’ni har mavsum g‘alaba qozonish. Biz 18 yil yoki undan ham ko‘proq vaqt mobaynida muntazam har mavsum liga g‘olibligiga yaqin edik. Besh marta 2-o‘rinni egalladik, keyingi yil esa yutdik.

Mavsum 2012/13dagi so‘nggi g‘alabasi va nafaqaga chiqishi haqida

- Dekabrda nafaqaga chiqishga qaror qilgandim va buni faqat turmush o‘rtog‘im Keti hamda bolalarim bilishardi. Biz buni sir tutdik, chunki men futbolni Premyer-liga g‘olibi sifatida tark etishni xohlagandim. Rostini aytsam, o‘sha mavsum arafasida jamoaga qo‘shilgan Robin van Persining 29ta goli o‘sha mavsumda chempionlikni taqdim etdi, deb o‘ylayman. U fantastik hujumchi edi. Uayn Runi tomonidan yetkazib berilgan to‘pni «Aston Villa» darvozasiga mixlagani esa... bu goldan yaxshirog‘ini topish mumkin emas.

Liderlik va futbolchilardan umidlari haqida

- Xo‘sh, yetakchilik - bu murabbiyning jamoada o‘ziga xosligini namoyish etish qobiliyatidir. Futbolchilar har safar bu formani «Yunayted» o‘yinchisi sifatida kiyishadi. Ular kutganlarimdan ham yaxshi o‘ynashadi va bu g‘alabaga olib kelardi. Shogirdlarimga vazifangiz muxlislarni uylariga xursand qilgan holatda yuborish, deb aytaman. O‘ylaymanki, o‘yinchilar mehnatsevar, intizomli va har kuni ko‘radigan yetakchilarini tanishadi. Bilasizmi, men hech qachon o‘zgarmaganman va bu rahbar uchun muhim deb o‘ylayman. Hech qachon o‘zgarmaganligimni ular bilishardi. Muloqot ham haqiqatda juda muhim - u kuchli klubni yaratadi. Men o‘yinchilarga sodiq edim va ular istalgan vaqtda yonimga kelib, muammolarini doston qilishardi, ya’i menga ishonishardi.

Yosh futbolchilarga sodiqligi haqida

- Esimda, o‘sha paytdagi sardorimiz Brayyan Robsonga: «menimcha, yoshlarimiz jamoangni mag‘lub eta oladi». Robbo g‘azablandi va shunday dedi: «ularni olib chiqing maydonga!» Shunday qilib, o‘yin tashkil etildi va men Erik Xarrisonga aytdim: «Ularga joylari tribunada ekanligini ko‘rsatinglar va butun jamoa yuguring». O‘yinda birinchi jamoa g‘alaba qozondi, ammo o‘yin ajoyib bo‘ldi va bu davr abadiy xotiramdan joy egalladi.

Klubning munosabati haqida

- So‘nggi daqiqalarda ushbu gollarni urganimizdan keyin kiyinish xonasini ko‘rganingizda edi, ajoyib! Bunga arziydi. O‘yin oxirida kiyinish xonasini shunday ko‘rganingizda, futbolda qiladigan har bir narsa bunga arziydi. Aytaylik, biz shanba kuni chempionlik unvonini yoki kubokni qo‘lga kiritamiz, dushanba kuni deyarli barcha xodimlar jam bo‘lishadi. O‘yinchilar ularga yegulik va shampan vinosini tortishadi, chunki ular men uchun boshqa o‘yinchilar kabi muhim edi. Shu ma’noda, bu ajoyib klub edi.

«Arsenal» va Arsen Venger bilan qarama-qarshiliklar haqida

- Boshida uni tanimasdim. U Yaponiyada edi. Bu Devid Deyn («Arsenal» vise-prezidenti)ning muhim va to‘g‘ri qarori edi. U muvaffaqiyatli menejer edi. «Monako»dagi va umuman, uning rekordini ko‘rib chiqsangiz, «Arsenal»da ishlaganiga hayron qolmaysiz. Ammo uning Yaponiyadan kelgani meni baribir hayratlantirgan. Ammo u klubni ajoyib tarzda o‘zgartirdi. «Arsenal» bilan o‘ynash qiyin edi, bu biz mag‘lub etishimiz shart bo‘lgan, har bir qarama-qarshilikni hayot-mamot jangiga aylantirgan jamoa edi. Ortdan kim kelayotganini ko‘rish uchun har doim yon oynaga qarardim.

Venger bilan ayni paytdagi munosabatlari haqida

- Munosabatlarimiz shunchaki ajoyib. Bu, bir tomondan ajablanarli, chunki biz ish paytida hech qachon muloyim gaplashmaganmiz. Hech shubha yo‘qki, ikkalamiz ham g‘alaba qozonishni xohlardik va buni jamoalarimizning o‘zaro o‘yini ko‘rsatardi. Ammo yillar davomida, Shveysariyadagi UYEFA yig‘ilishlarida, Arsen va men u yaxshi biladigan kichik restoranda birga kechki ovqatga boramiz. Menga uning kompaniyasi yoqadi. U haqiqatan ham qiziqarli do‘st.

MUHAMMADXON tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:33, 11.04.2023.
O'qildi: 2202 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.