Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ramosning «An-Nasr»dagi ehtimoliy maoshi ma’lum bo‘ldi

Ramosning «An-Nasr»dagi ehtimoliy maoshi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Bir necha hafta oldin «PSJ» Serxio Ramos bilan shartnoma uzaytirilmasligini ma’lum qilgandi.

TodoFichajes xabariga ko‘ra, 37 yoshli ispaniyalik futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

Manbaga ko‘ra, Ramos allaqachon «An-Nasr»ning taklifini qabul qilgan. Shu tariqa, ispaniyalik himoyachi Krishtianu Ronaldu bilan yana birlashadi - ular avvalroq ko‘p yillar davomida «Real»da o‘ynagan. Portugaliyalik futbolchi yil boshidan buyon «An-Nasr»da to‘p tepmoqda.

Serxio Ramos «An-Nasr» bilan ikki mavsumlik shartnoma imzolaydi. Ularning har biri uchun tajribali futbolchi 15 million yevro ishlab oladi.

Qo‘shimcha qilamizki, Ramos 2021 yilning yozidan beri «PSJ»da o‘ynamoqda.

Kiritildi: 23:48, 11.04.2023.
O'qildi: 1231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик