Kecha Frenk Lempard kamtarlik qildi hamda «Chelsi»ning 2011-12 yillardagi tartibsiz kechgan, ammo yakunda g‘alaba bilan tugagan Chempionlar Ligasi mavsumi va joriy mavsum o‘rtasidagi o‘xshashliklar haqida gapirishni istamadi. Ammo Enso bunga to‘xtalib o‘tdi.
«U bizga 2012 yilda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqani haqidagi voqeani aytib berdi va «Chelsi»dagi eng yomon damlarini o‘tkazganini aytdi. Bu biz uchun ajoyib o‘rnak», dedi Fernandes.
Garchi Lempard bunday gaplar bilan ehtiyotkorlik qilayotgan bo‘lsada, hozir sodir bo‘layotgan voqealar o‘sha 2012 yilga o‘xshab ketadi. bilan ular ajoyib ketma-ketlikdan so‘ng birinchi marta evrokubokni qo‘lga kiritgan favqulodda mavsumda aniq taqqoslash mumkin. «Chelsi» o‘shanda «Napoli», «Benfika» va «Barselona» kabi raqiblarini yengib, finalda Myunxenda «Bavariya»ga qarshi o‘ynashiga qaramay, g‘alaba qozondi. Lempard uchun o‘sha payt eng yomon lahzasi bo‘ldiki, Andre Villash-Boash iste’foga chiqqar ekan (mart oyida Neapoldagi 1/8 finalning birinchi o‘yinida 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi) Frenkning klubdan ketishini xohlardi. Villash-Boash bor-yo‘g‘i sakkiz oy ishladi va uning yordamchisi Roberto Di Matteo qolgan vazifani bajardi. Qolgan voqealar esa tarixga aylandi, chunki Lempard o‘z qaytishini finalda jamoa sardori bo‘lib o‘tkazdi.
Lempard o‘zi va Di Matteo haqida shunday deydi: «Oddiy ma’noda o‘xshashliklar bor, biz sobiq o‘yinchilarmiz. Ammo Robbi bu yerda bo‘lgan yili u yordamchi edi va jamoani avvaldan yaxshi bilardi hamda mendan ko‘ra ertaroq ishga kirishdi. U ajoyib ish qildi. Hozir mening ahvolim boshqacharoq. O‘ylaymanki, men tarixni takrorlashda ehtiyot bo‘lishim kerak. Shunday qilib, hali qilinishi kerak bo‘lgan juda ko‘plab ish bor, lekin biz imkon qadar o‘z tariximizni yaratishga intilamiz», – dedi Frenk.
To‘g‘risi, hech bir klub «Chelsi» kabi mavsum davomida murabbiylarni hadeb o‘zgarishdan cho‘chimaydi - ayniqsa Yevropada. Mavsum davomida almashtirilgan murabbiy kamida to‘rtta sovrin yutgan, jumladan, Chempionlar ligasidagi ikki g‘alaba va buni Lemparddan boshqa hech kim to‘laqonli his qila olmaydi, uning o‘zi 2021 yil yanvar oyida Tomas Tuxelga o‘rnini bo‘shatib bergan edi. Tomas esa o‘sha mavsum ajoyib taktik o‘zgarishlarni amalga oshirdi hamda YECHLni yutib oldi.
Lempard Tuxelga ishini boy bergunga qadar «Chelsi»ni 1/16 finalga olib chiqdi. «Men ularni hozirgi holatimga qiyoslab, daholik qilmoqchi emasman. Men so‘nggi muvaffaqiyatda qanday rol o‘ynaganimni bilaman va bu men klubni tark etganimda tugagan va tamom. Mening hissam, ehtimol, o‘sha yili qiyin mavsumda yosh tarkib bilan pley-offga yo‘llanma olganimdir. Men qaytib kelganimdan juda faxrlanaman. Bilaman, avval ham bu musobaqada muvaffaqiyat qozonganman. Bilaman, avval ham bu musobaqada katta jamoalarga qarshi kurashganman. Demak, men umuman qo‘rqmayman. Aslida men hamma narsadan hayajondaman», – dedi Lempard.
«Chelsi» - 1998 yilda Rud Gullit bilan (Janluka Vialli o‘rniga) Kubok egalari Kubogi g‘olibi bo‘lgan va 2013 yilda Di Matteo yordamida (Rafael Benites o‘rniga) nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi. Endi Lempard «Real»ga qarshi bahs oldidan «Stemford Bridj»da ushbu o‘yinlarni eslab maydonga tushadi.
«Real Madrid favoritmi? Ha, va men nima uchun bu yerga kelganligimni tushunaman. Mavsumning qiyinchiliklari ham aynan shunda ko‘rinadi. Men buni muammo deb o‘ylamayman. Futbolda autsayder bo‘la turib yaxshi natijaga erishish yoqimliroq. Bu mening eng yaxshi o‘yinlarimdan biri bo‘ladi deb umid qilaman», – dedi Lempard.