"Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni Chempionlar ligasi 1/4 finali birinchi o‘yinida "Benfika"ga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Neradzurrilar" mehmonda 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Himoyachi o‘yindagi birinchi golga mualliflik qilgan Nikolo Barellaga golli uzatmani amalga oshirdi.
23 yoshli Bastoni joriy mavsumda barcha turnirlarda “Inter” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.