Frenk Lempard "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimiga qaytganidan keyin ikki marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Bugun jamoa Chempionlar ligasi chorak finalida “Real”ga (0:2) imkoniyatni boy berdi. 8 aprel kuni ular Premyer-ligada "Vulverxempton"ga yutqazgandi (0:1).
Lempard 6 aprel kuni jamoani boshqarishga kirishdi va mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Bungacha “Chelsi” Grem Potterni iste’foga chiqargandi.
Keyingi bahsda "Chelsi" "Brayton" bilan uchrashadi - bu 15 aprel kuni sodir bo‘ladi.