Butun futbolchilik faoliyatini Turinda o‘tkazgan "Yuventus" klubining sobiq hujumchisi Alessandro del Pyerodan klubga qaytib, unga ko‘p narsa bergan klubga yordam berishga tayyormi, deb so‘rashdi.
"Men bu mish-mishlarning hammasini eshitdim, ular juda ko‘p. Ha yoki yo‘q deb ayta olmayman, lekin yuragim albatta shu yerda. Lekin bu umumiy loyiha, umumiy istak bo‘lishi kerak", - deydi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, del Pyero 1993 yildan 2012 yilgacha Turinning "Yuventus" jamoasida to‘p tepgan.