Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Erling Xoland o‘z garajida qanday avtomobillar saqlaydi?

Erling Xoland o‘z garajida qanday avtomobillar saqlaydi?

Baho:
+ | -

Endigina 22 yosh bo‘lishiga qaramay, Xoland butun dunyoni zabt etishga ulgurdi. Bugun uning nomini jahon taniydi. "Zalsburg", "Borussiya Dortmund", mana endi "Manchester Siti"da norvegiyalik hujumchi gollar urishdan charchamayapti. Futbolchining yuqori darajadagi iqtidori hammaga ma’lum. Uning xizmatlari uchun "Manchester Siti" haftasiga 375 ming funt maosh to‘laydi. "Shaharliklar" uchun gol urishdan zerikib qolgan vaqtlarida, Erling Xoland dunyodagi eng yaxshi mashinalarda sayr qilishni yoqtiradi. Rollce Royce dan tortib, Audi'gacha, hujumchi qanday turdagi avto tanlashni juda yaxshi biladi. Quyida uning garajida qanday mashinalar jamlangani haqida gaplashamiz.

ROLLCE ROYCE CULLINAN – 300 ming funt

Narxi 300 ming funt bo‘lgan ingliz ishlab chiqaruvchisi mahsuloti, shu paytgach Xoland xarid qilgan eng qimmat avtomobil sanaladi. Ushbu mashina Xoland tomonidan kundalik ehtiyojlar uchun ishlatiladi. Bu ehtiyojlar ichiga mashg‘ulotlarga borib-kelish ham kiradi. Cullinan versiyasi o‘ta qulay bo‘lib, u o‘z egasiga bir manzildan ikkinchisiga qiynalmasdan borib kelishni ta’min etadi. Ayniqsa, Xolandniki o‘ziga xos. Oq rangli mashina kunduzi foydalanish uchun ayni muddaodir.

AUDI RS 6 AVANT – 120 ming funt

Xoland Audi'ni sevadi. U ushbu mashinasidan ancha vaqt foydalanadi. Futbolchi Germaniyadagi faoliyati davomida asosan RS 6 modelining qizil ranglisini minardi. Angliyaga kelganidan beri 22 yoshli hujumchi xuddi shu versiyaning Carbon Black turidan foydalanayapti. Ushbu avtoulovning dizayni va salonidagi qulaylik, haydovchini o‘ziga tortmay qolmaydi.

RANGE ROVER SPORT – 120 ming funt

Hech bir futbol yulduzining mashinalar kolleksiyasi Range Rover'siz to‘liq bo‘lmaydi. Ushbu mashina ancha yirik bo‘lib, o‘z haydovchisiga o‘zgacha salobat taqdim etadi. Sport versiyasining o‘ziga xosligi shundaki, unda raqamli LED chiroqlar bor. Meridian eshitish tizimi esa, sayohatni yanada maroqli qila oladi. Superkarning o‘rindiqlari massaj qilishga moslashgan va to‘liq elektrda ishlaydi. Xoland ushbu mashina ichida yotib qolsa ham bo‘ladi.

MERCEDES-AMG GLE COUPE – 90 ming funt

"Borussiya Dortmund"dagi paytlarida Xoland, ayni mashinada ko‘p ko‘rinish berardi. U bir muddat mashg‘ulotlarga GLE Coup'da qatnagan. Qora Mercedes'da yurish Xoland va uning sobiq jamoadoshi Jovanni Reynaning sevimli ishi edi. Mashinaning qulay va teridan ishlangan ichki o‘rindiqlari, ikki futbolchining mashg‘ulotlarga komfort holda yetib borishini ta’minlagan. Qolaversa, avtomashinaning shinalari safarning o‘ta sokin o‘tishiga yordam beradi.
Shunday qilib, Erling Xoland ham Ronaldu kabi mashinalarni yaxshi ko‘radi. Uning hozirgi maoshi esa futbolchiga istalgan narsasini olishga imkon beradi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 07:57, 14.04.2023.
O'qildi: 4999 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.