"Arsenal" darvozaboni Mett Tyorner jamoadagi holati haqida gapirdi. U shunday deydi:
"Men "Arsenal"ga kelib haqiqiy baxtni topdim. Mikel ajoyib inson. U bu yerda yaxshi muhit yaratgan. Men uning qo‘l-ostida o‘zimga berilgan imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilishim kerak. Buni mashg‘ulotlarda isbotlayapman. Hozirda yaxshilashim kerak bo‘lgan xususiyatlarim ustida ishlayapman".