Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Messi va yana Yevropada to‘p surayotgan 50 nafarga yaqin futbolchi Saudiya Arabiston chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Messi va yana Yevropada to‘p surayotgan 50 nafarga yaqin futbolchi Saudiya Arabiston chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni klublari Yevropada to‘p surayotgan mashhur futbolchilarni ommaviy ravishda sotib olishni rejalashtirmoqda.

ESPN nashri xabariga ko‘ra, Krishtianu Ronaldudan so‘ng "PSJ" bilan shartnomasi tugaydigan argentinalik hujumchi Lionel Messi chempionatga o‘tishi mumkin.

Saudiyaliklar bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Ular yozda Yevropaning "kuchli beshlik" ligasidan 50 ga yaqin futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan. Ular orasida Roberto Firmino, Ilkay Gyundogan, Adama Traore, Yerri Mina, Abdulaye Dukure ham bor.

Saudiya Arabistoni chempionatidagi deyarli barcha klublar qaydnomalarida hozirda sakkiz nafar xorijlik futbolchi bor, bu maksimal kvota hisoblanadi. Yozda ligada o‘ynaydigan xorijliklarning sifati sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Shuning uchun klublar tarkibni tozalashni boshlashmoqda.

Kiritildi: 15:08, 14.04.2023.
O'qildi: 3926 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик