Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Pep Gvardiolaning "Barselona"dagi eng omadli transferlari (top-8)

Pep Gvardiolaning "Barselona"dagi eng omadli transferlari (top-8)

Baho:
+ | -

Dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri bo‘lgan Pep Gvardiola tarixda Xavi, Andreas Inyesta, Lionel Messi, Serxio Buskets kabi yulduzlarga ustozlik qilgan. Ispaniyalik mutaxassisning eng omadli faoliyati "Barselona"da kechadi. 2008-2012 yillar davomida Gvardiola 17 ta futbolchi sotib oladi. Biz ularning ichidagi eng muvaffaqiyatlarini tanlab oldik.

1. Jerar Pike

"Barselona"ning B jamoasida Pedro va Buskets kabi bo‘lajak yulduzlar Pepdan ta’lim oladi. 2008 yilda bir paytlar "MYU"ga jo‘natilgan Pike, qaytadan xarid qilinadi. Shundan keyin kataloniyaliklar dunyoning eng yaxshi himoyachisidan biriga ega bo‘lgandi. Pike "Barsa" safida 14 mavsum harakat qilib, 8 marta Ispaniya chempionligi, 7 marotaba Ispaniya kubogini, yana uch marta YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. U kelajakda "Barselona" prezidenti bo‘lishi mumkin.

2. Dani Alvesh

Dani Alvesh "Barselona"ga o‘tkunga qadar "Sevilya"da nimalarga qodir ekanini ko‘rsatib ulgurgandi. U andalusiyalik safida Ispaniya kubogi va ikkita yevrokubokni qo‘lga kiritadi. Gvardiola 2008 yilda Dani Alveshni 31 million funtga xarid qilgandi. Braziliyalik futbolchi o‘ziga sarflangan pullarning tiyinigacha oqlay olgan desak, adashmaymiz.

3. David Vila

Aslida Vila 2009 yilda Ibragimovichning o‘rniga xarid qilinganida yaxshiroq bo‘lardi. To‘rt yil mobaynida David "Valensiya" safida fantastik darajaga chiqadi. Shundan keyin, ispan hujumchisi 28 yoshida Kataloniya klubi tomonidan sotib olingandi. O‘zining yangi jamoasidagi ilk mavsumida Vila 23 ta gol urishga erishgan. Messi Pedro va Villa triosi o‘ziga xosligi bilan ajralib turardi. Ular birgalikda 2010-11 yilgi mavsumda YECHL va Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan.

4. Xavyer Maskerano

Maskerano 2010 yilda "Liverpul"dan sotib olingan paytida, "Barselona" yarim himoyasida unga joy bo‘lmaydi. Negaki, u yerda Buskets yaxshi harakat qilgan. Ammo argentinalik futbolchi dovdirab qolmadi. U butun dunyoni hayratga solgan holda jamoa himoyasiga joylashadi. Maskerano bo‘y jihatdan maqtana olmasa ham, uning o‘yinni o‘qiy olish qobiliyati juda ham kuchli bo‘lgan. Sakkiz yil davomida Xavyer jamoaga 5 ta mamlakat chempionligi, yana besh marta mamlakat kubogi hamda YECHL g‘olibligini olib kelgandi.

5. Seydu Keyta

Gvardiolaning to‘rt yillik klubdagi faoliyati Keytaning ham jamoadagi yillari sanaladi. Xavi, Inyesta va Buskets soyasida qolib ketgan bo‘lsa ham, Keyta 200 dan ortiq o‘yinlarda maydonga tushishga muvaffaq bo‘lgandi. U ham bir paytlar "Sevilya"dan sotib olingan.

6. Aleksis Sanches

"Udineze"da ko‘rsatgan o‘yinlari chililik hujumchini 2011 yilda "Barselona"ga o‘tishi bilan yakun topadi. Sanches APLda ham, "Arsenal" safida fantastik darajada harakat qilgan edi. U 2011-2014 yillar davomida Fabregas bilan "Barsa" sharafini himoya qiladi.

7. Sesk Fabregas

Fabregas o‘zining asl jamoasiga 2011 yilda qaytib kelgan edi. U o‘z davrida kataloniyaliklar bilan La-liga chempioni va kubok sohibi bo‘lgan. Shunga qaramay, Fabregasning eng yaxshi davri allaqachon "Arsenal" bilan qolib ketgandi. Afsuski, yarim himoyachi Xavining o‘rinbosari bo‘la olmadi. Gvardiola kutgan narsalar Fabregasning qo‘lidan kelmagan.

8. Adriano

Adriano ham Monchi tomonidan "Sevilya"ga olib kelinadi. Braziliyalik futbolchi "Barselona" nazariga tushishiga ko‘p vaqt ketmadi. U darrov sotib olinadi. Adriano jamoa uchun ancha foydali chiqdi. Qanot himoyachisi jamoada 6 ta mavsumda maydonga tushib, 100 dan ortiq bahslarda qatnashishga erishgandi. Gvardiola undan ham rozi bo‘lib ketgan.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 16:00, 14.04.2023.
O'qildi: 5339 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.