Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

APLning xorijlik merganlari

APLning xorijlik merganlari

Baho:
+ | -

Angliya chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida tabiiyki, mahalliy futbolchilar juda ko‘p.

Chunki ular «to‘p bilan tug‘ilganlar», teta-poya bo‘lganlar. Bundan tashqari, o‘z faoliyatlarini Angliyada o‘tkazish ustunligiga egalar. Darhaqiqat, Barclays tarixidagi 10 nafar yetakchi to‘purarning atigi ikki nafari xorijlik futbolchi. Lekin notanish o‘lkaning iqlimi, mahalliy sharoiti va o‘yin muhitiga moslashib, yuksak natijalarga erishish - hurmatga loyiq matonat. Shu bois, avvalo, legioner merganlarni sharaflaymiz.

10. Sadio MANE (263ta o‘yin/111ta gol)

Jamoalari: «Sautgempton», «Liverpul»

Senegallik hujumchi o‘tgan yili «Bavariya»ga o‘tib, APLni tark etdi. Biroq ortda qolgan 8 mavsumda elitaning eng mohir to‘purarlaridan biri ekanligini isbotladi. Sadio 2015 yilda «Aston Villa» darvozasini 3 daqiqadan ozroq (2 daqiqa, 56 soniya) vaqt ichida 3 marta zabt etgandi. Liverpulda to‘purar Muhammad Saloh va Roberto Firmino bilan sermahsul uchlikni shakllantirib, Yurgen Klopp davrida o‘ta xavfli yirtqichga aylandi.

9. Romelu LUKAKU (278/121) Jamoalari: «Chelsi», «Vest Bromvich», «Everton», «MYU»

«Katta Rom» «Chelsi»ga ilk bor 2011 yilda, maqtovlarga ko‘milgan, lekin mahorati ishlovga zor g‘o‘r o‘spirin holida kelgandi. Ishlovni u «Vest Bromvich»dagi ijara davrida oldi va 2012/2013 yillar mavsumini 17ta gol bilan yakunladi. «Everton» va «MYU»dagi faoliyati yanada sermahsul o‘tgan bo‘lsada, 2021 yildagi «Chelsi»ga qaytishi o‘ta omadsiz bo‘ldi.

8. Duayt YORK (375/123) Jamoalari: «Aston Villa», «MYU», «Blekbern», «Birmingem», «Sanderlend»

Yorkning «Villa»dagi sensasion o‘yinlaridan lol qolgan ser Aleks qanday qilib Trinidad va Tobago terma jamoasi hujumchisi uchun 12,8 mln. funtdan voz kechganini bilmay qolgandi. To‘purar bunga 48ta gol bilan javob qaytardi, keyin yana Koul bilan yonma-yon to‘p surish uchun «Blekbern»ga qaytdi.

7. Robbi KIN (349/125) Jamoalari: «Koventri», «Lids», «Tottenxem», «Liverpul», «Vest Xem», «Aston Villa»

1999-2012 yillarda APL muxlislari irlandiyalik epchil merganning 125ta o‘ziga xos gollaridan zavq oldilar. Yashindek tezligi va aniq zarbalari evaziga Robbi Yevropaning bir qator nomdor jamoalarida to‘p surdi, lekin gollarini asosan 2002-2008 yillarda «Tottenxem» safida urdi.

6. Nikolya ANELKA (364/125) Jamoalari: «Arsenal», «Liverpul», «Manchester Siti», «Bolton», «Chelsi», «Vest Bromvich»

1997 yilda «to‘pchilar» safiga qo‘shilgan hujumchi tez orada PFA tasnifi bo‘yicha yilning eng yosh o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi, keyin jahon klublariga turne uyushtirdi. Xalqaro sayohat yakunida Nikolya yana «tumanli o‘lka»ga qaytib, yana 5ta klubda 102ta gol urdi. Jumladan, 2008/2009 yillar mavsumida «Chelsi»ga APLda 19ta gol tuhfa etib, mavsumning «Oltin butsa»sini qo‘lga kiritdi.

5. Jimmi Floyd-XASSELBAYNK (288/127) Jamoalari: «Lids», «Chelsi», «Midlsboro», «Charlton»

Surinamda tavallud topgan, lekin xalqaro arenalarda Niderlandiya sharafini himoya qilgan Xasselbaynk o‘zining kuchli zarbalari va tirishqoqligi bilan APL muxlislarining mehrini qozongandi. Angliya chempionatidagi gollarining yarmidan ko‘prog‘ini (69) u «Chelsi» tarkibida urgan.

4. Muhammad SALOH (220/132) Jamoalari: «Chelsi, «Liverpul»

Hikoyamizdagi faoliyatini yakunlamagan yagona snayper. Saloh bahorning ilk kunlarida «MYU»ga qarshi bellashuvda (7:0) dublga erishib, APLdagi gollar bo‘yicha «Liverpul» rekordchisi (128ta gol) Robbi Faulerdan o‘zib ketdi. Shuningdek, misrlik mergan «Chelsi»ga ham 2ta gol hadya etgandi.

3. Robin van PERSI (280/144) Jamoalari: «Arsenal», «MYU»

Niderlandiyalik to‘purarni 2004 yilda Arsen Venger «Feyenoord»dan 2,75 mln. funt evaziga Angliyaga olib kelgandi. Robin londonliklarga 194ta o‘yinda 96ta gol hadya etdi. keyin kutilmaganda Manchesterga yo‘l olib, poytaxtlik muxlislarni qattiq ranjitdi. «qizil iblislar» safida esa 48ta gol urishga va 2013 yilda chempionlik unvoniga sazovor bo‘ldi.

2. Tyerri ANRI (258/175) Jamoasi: «Arsenal»

APLda o‘z vazifasini ado etgan barcha millat vakillari orasidagi buyuk futbolchi. Chunki u maymoq vinger maqomidan ommaviy qirg‘in kuroliga aylandi. Uning har bir o‘yini, harakati g‘oyat ajoyib edi. Anri bor kuch,mahoratini Shimoliy London klubiga bag‘ishlab, sermahsul to‘p surdi. Evaziga 2 marta chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi.

1. Serxio AGUERO (275/184)  Jamoasi: «Manchester Siti»

Uzoq yillar davomida «shaharliklar» safida yorqin o‘yinlarni namoyish etganiga qaramasdan, Serxio APLdagi eng qadrlanmagan futbolchi maqomini oldi. Uning bir jamoa tarkibida gol urish bobidagi mutlaq rekordini faqat Garri Keyn 2022 yilda yangilashga muvaffaq bo‘ldi. «Siti»ning 2012 yilda 44 yillik tanaffusdan keyin qo‘lga kiritgan chempionligidan boshlab 5ta sovringa argentinalik maestroning tengsiz mahorati evaziga raqiblar darvozasidan joy olgan to‘plar sabab bo‘lgandi.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 15.04.2023.
O'qildi: 2381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.