Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 14:10 Avstraliya - Xitoy
09/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
09/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
09/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
09/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
09/10 21:00 Ummon - Kuvayt
09/10 21:00 BAA - KXDR
09/10 23:00 Iroq - Falastin
09/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
10/10 05:00 Peru - Urugvay

Arsen Vengerning o‘n xatosi: Jiru, Sanches, Uolkott...

Arsen Vengerning o‘n xatosi: Jiru, Sanches, Uolkott...

Baho:
+ | -

Arsen Venger chuqur tajribaga ega murabbiy edi. U futbolchilarni jamoadan ketish paytini yaxshi anglagan. Shunga qaramay, venger "Arsenal"dagi so‘nggi davrida bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ydi. Xususan, fransuz mutaxassisi kerak bo‘lmagan futbolchilarni sotib olib, klub uchun foydali bo‘lganlarini jamoadan ketishiga yo‘l qo‘yib bergandi. Quyida Vengerning 2018 yilgacha sotgan eng so‘nggi 10 futbolchisi nomi keltiriladi. Ularning bari jamoada foydali bo‘lishi mumkin edi.

1. Olivye Jiru

2018 yilning yanvarida Obameyang olib kelingach, Jiru "Chelsi"ga 12 million funt evaziga sotiladi. Oradan bir yarim yil o‘tib, aynan Jiru "Arsenal"ni Yevropa ligasi finalida tor-mor keltirgandi. Jiru 2021 yilning yoziga qadar Londonda qoldi. Ayni damda 36 yoshli futbolchi "Milan" safida harakat qiladi.

2. Aleksis Sanches

Sanches "Arsenal" bilan yangi bitim tuzishdan bosh tortadi. Shu sabab u "MYU"ga berib yuborilgan. Uning o‘rni Genrix Mxitaryan bilan to‘ldirilgandi. 2020 yilda Sanches "Inter" safiga erkin agent sifatida yo‘l oladi. 2021 yilda Antonio Konte jamoasi Italiya chempioniga aylangan. O‘shanda tarkibda Sanches ham bor edi. Ayni damda chililik hujumchi "Marsel" sharafini himoya qiladi.

3.Teo Uolkott

"Arsenal"ga 12 yil davomida xizmat qilgan futbolchi, 2018 yilda "Everton"ga sotiladi. Hozir hujumchi hammasini boshlagan joyi bo‘lmish "Sautgempton" bilan birga. 34 yoshli hujumchi kamdan-kam maydonga tushirilmoqda.

4.Fransis Koklen

Koklen "Arsenal"dagi faoliyatida hech qachon tarkibning asosiga aylana olmadi. Ammo uning "Valensiya"ga ko‘chishi ancha omadli kechgan edi. "Ko‘rshapalaklar" safida yarim himoyachi 89 ta o‘yinda maydonga tushgandi. 2020 yilda fransiyalik futbolchi "Vilyarreal"ga ko‘chib o‘tadi.

5. Aleks Oksleyd-CHeymberlen

Aleksning "Arsenal"dagi sarguzashtlari 2017 yilda yakuniga yetadi. Yarim himoyachi o‘shanda "Liverpul"ga 35 million funt evaziga sotib yuborilgandi. Oradagi jarohatli davrdan keyin ingliz futbolchisi 2020 yilda "Liverpul" bilan Angliya chempioni bo‘lgan. Oksleyd-CHeyberlen 2018 yildan buyon birorta bahsda to‘liq 90 daqiqa harakat qilgani yo‘q.

6. Voysex Shesni

181 ta o‘yinda "Arsenal" sharafini himoya qilgan futbolchi, bir nechta qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadi. Shu sabab u Arsen Venger ishonchini yo‘qotadi. 2017 yilda Shesni "Yuventus"ga o‘tadi. U yerda polshalik posbon Buffon o‘rnini egallab, uch yil ketma-ket Italiya chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘lgandi.

7. Gabriel Paulista

Braziliyalik himoyachining ham ismi Gabriel edi. Ammo u hozirgi Gabrieldan ancha farq qilgan. Chunki Paulistaga yetarlicha o‘yin vaqti berilmasdi. Uning oldida esa Koselni va Mertasakerlar bor edi. Shu sabab u 2017 yilda "Valensiya"ga ketishga rozilik bergan.

8. Serj Gnabri

"Arsenal"ga kerak bo‘lmay qolgan futbolchi, "Vest Xem"ga o‘tolmay qoladi. Gnabrining manzili 2016 yilda "Verder Bremen" bo‘ldi. Oradan bir yil o‘tgach, 2018 yilda hujumchi "Bavariya"ga o‘tadi. Germaniya terma jamoasi a’zosi shundan beri sovrinlar yutishdan charchamayapti.

9. Kiran Gibbs

Gibbsdan ko‘p narsa umid qilingandi. Ammo himoyachi Kolashinas va Monreal bilan raqobat qila olmadi. Shu sababdan Gibbs 2017 yilda "Arsenal"ni tark etadi. Hozirda himoyachi Mayamining "Inter" klubida harakat qiladi.

10. Vellington Silva

Ko‘p davr mobaynida "Arsenal"dan ijara asosida boshqa klublarda yurgan futbolchi, oxiri hammasidan charchaydi. U 2016 yilda Braziliyaning "Fluminense" klubiga yuborilgandi. To‘pchilar uni 2017 yilda "Bordo"ga sotishga harakat qiladi. Ammo transfer tibbiy ko‘riklardan keyin barbod bo‘ladi. Hozirgacha Vellington Yaponiyaning "Gamba Osaka" klubida to‘p tepayotgandi. Ammi u o‘tgan yozda o‘z yurti, Braziliyaga qaytdi va "Kuyaba" klubiga yo‘l oldi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 15:32, 15.04.2023.
O'qildi: 2579 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.