Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"PSJ" APLdan bir yo‘la 3 nafar yulduz futbolchi olib kelmoqchi

"PSJ" APLdan bir yo‘la 3 nafar yulduz futbolchi olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

"90 min" xabariga ko‘ra, "PSJ" Angliya Premyer-ligasidan bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘yinchini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Parijliklar rahbariyati "Chelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kantega qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. "PSJ" bir necha haftadan beri Kante bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Chelsi" futbolchisi Hakim Ziyesh ham "PSJ" safiga qo‘shilishi mumkin. 2022 yil yozgi transfer oynasida futbolchi allaqachon Parij klubiga o‘tishi mumkin edi, ammo yakunda transfer amalga oshmay qoldi.

Shuningdek, "PSJ" 2023 yilning yozidayoq ingliz klubini tark etishi mumkin bo‘lgan "Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyalni ham xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 05:25, 16.04.2023.
O'qildi: 1767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик