Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Immobile jiddiy avtohalokatga uchradi

Immobile jiddiy avtohalokatga uchradi

Baho:
+ | -

«Lasio» hujumchisi Chiro Immobile Rimda jiddiy avtohalokatga uchradi, deya xabar bermoqda RaiNews24.

Hodisa bugun, 16 aprel kuni sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi boshqarayotgan Land Rover avtomobili Prati shahri chorrahasida tramvayga borib urilgan.

Zarba kuchli bo‘lgan va mashinaning old qismi butunlay vayron bo‘lgan. Tramvay ham shikastlangan va relsdan chiqib ketgan.

Hodisa oqibatida futbolchi jabrlanmagan. U bilan birga mashinada uning qizlaridan biri bo‘lgan, u ham hech qanday zarar ko‘rmagan.

Tramvay haydovchisi va yana ikki yo‘lovchi jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan.

Polisiya voqea joyini tergov qilmoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tramvay svetoforning qizil chirog‘ida chorrahadan o‘tgan.

Kiritildi: 13:47, 16.04.2023.
O'qildi: 1380 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик