Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Rossiya Afrika jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin

Rossiya Afrika jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Rossiya terma jamoasi Kamerun termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin.

Sport Express xabariga ko‘ra, o‘yin shu yil oxirigacha Rossiyada bo‘lib o‘tishi mumkin. Aprel oyi boshida RFI prezidenti Aleksandr Dyukov Afrika termalari bilan o‘yin o‘tkazishga ruxsat berdi.

Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Iroq terma jamoasini mag‘lub etgandi.

O‘yin Sankt-Peterburgdagi «Gazprom Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi va Rossiya jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Terma jamoa uchun bu uchrashuv mart oyidagi yig‘indagi ikkinchisi bo‘ldi. 23 mart kuni Valeriy Karpin shogirdlari Tehronda Eron bilan durang o‘ynagandi (1:1). Iroq bilan Sankt-Peterburgdagi o‘yin ruslar uchun so‘nggi bir yarim yil ichidagi birinchi xalqaro uy o‘yini bo‘ldi.

2022 yilning mart oyidan boshlab Rossiya klublari va terma jamoalari FIFA va UYEFA shafeligidagi xalqaro musobaqalardan chetlashtirildi.

Kiritildi: 05:38, 17.04.2023.
O'qildi: 1018 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик