Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Alves qamoqxonaga yuborilgan xatdagi xato tufayli ko‘rsatma berish uchun sudga olib kelinmadi

Alves qamoqxonaga yuborilgan xatdagi xato tufayli ko‘rsatma berish uchun sudga olib kelinmadi

Baho:
+ | -

Dani Alves o‘z vaqtida sud binosiga kela olmadi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi yanvar oyidan beri tungi klubda bir qizni zo‘rlaganlikda ayblanib, hibsda saqlanmoqda. Unga 12 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Alves ish yuzasidan yana guvohlik berish uchun bugun ertalab mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da sudga kelishi kerak edi. Uni boshqa mahbuslar bilan birga olib kelishlari kerak edi.

Biroq futbolchi sud majlisiga kelmagani ma’lum bo‘ldi. "El programa de Ana Rosa" boshlovchisi Mayka Navarro futbolchining yo‘qligi sabablarini tushuntirib berdi.

"Biroz noaniqlikdan so‘ng, jabrlanuvchining advokati Ester Garsiya mahkamadan ozod etishni so‘rab yuborgan xatda xato bo‘lganligi sababli sud majlisi qoldirilganini tasdiqladi va bu Alvesning bu yerga roppa-rosa 10:30 da yetib kelishiga to‘sqinlik qilgan.

Bizga bu chalkashlik allaqachon bartaraf etilgani va taxminan bir soatdan so‘ng braziliyalik futbolchi o‘z xohishi bilan guvohlik berish uchun shu yerda bo‘lishini aytishgandi" - dedi Navarro.

Hozircha futbolchi sodir bo‘lgan voqeaning to‘rt xil versiyasini taqdim etib, oxirgi marta jabrlanuvchi bilan jinsiy aloqada bo‘lganini tasdiqladi. Bungacha Alves zo‘rlash bo‘yicha uch marta turli ko‘rsatmalar bergan.

Kiritildi: 17:42, 17.04.2023.
O'qildi: 2059 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик