Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

APL tarixidagi eng katta titul inqirozlari: "Arsenal" yana chempionlikdan quruq qoladimi?

APL tarixidagi eng katta titul inqirozlari: "Arsenal" yana chempionlikdan quruq qoladimi?

Baho:
+ | -

2022-23 yilgi mavsum kelajakda "Manchester Siti" va "Arsenal" o‘rtasidagi chempionlik uchun kurash bilan eslanadi. Xususan, Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" avgustdan beri jadvalni boshqarib kelayotganiga qaramay, oxirgi ikki turda ketma-ket durang qayd etdi. Bu esa "Manchester Siti"ga qo‘l keladi, albatta. Bugun London klubi mavsum davomida saqlab kelgan yetakchiligini qo‘rqinchli Gvardiola jamoasiga berishga yaqin turibdi. Agar amalda ham shunday bo‘lsa, bu voqea tarixga eng katta chempionlik inqirozi sifatida kiradi. Quyida APL o‘tmishidagi shunga o‘xshash voqealar haqida so‘z boradi. Unda ham "Arsenal" bosh rollarni o‘ynaydi.

"Arsenal" – 2007-08 yilgi mavsum, 5 ochko oldinda

Hozirga qadar London klubi 2008 yilda chempionlikka eng yaqin kelgandi. O‘shanda Arsen Venger jamoasi fevral oyigacha 26 ta o‘yinda 1 ta mag‘lubiyat qayd etadi. Jamoa so‘nggi 10 ta bahsda 26 ochko jamg‘argan edi. Ammo hammasi keyin boshlandi. "Birmingem Siti" bilan bahs yomon kechadi. Raqib bir kishi bo‘lishiga qaramay, to‘pchilar so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuboradi. Natijada 2-2 hisobida durang qayd etiladi. Keyingi o‘yinlarda ham ketma-ket duranglarga imzo chekiladi. Yakunda esa 5 ochkolik yetakchilik va chempionlik poygasi chippakka chiqadi.

"Norvich Siti" – 1992-93, 8 ochkolik farq

APLning ilk mavsumi o‘ta qizg‘in kechgandi. Mavsumda Fergyuson "MYU"ni 1967 yildan beri ilk marta chempion qiladi. Ammo bu oson bo‘lmaydi. Jamoa noyabr oyida 10 o‘rinda borayotgan edi. "Norvich" esa Yangi yil davrida eng yaqin ta’qibchisidan 8 ochkoga o‘zib ketgandi. Ammo mavsumning ikkinchi qismi omadsiz keladi. Oqibatda, "MYU" mayda 10 ochko farq bilan chempionlikka erishadi.

"Arsenal" – 2002-03, 8 ochkolik farq

Venger o‘z tarixida "Arsenal"ni ketma-ket chempion qila olmagan. Ammo buning iloji bor edi. Amaldagi chempion sifatida 2002-03 yilgi mavsum o‘tadi. Londonliklar mart oyiga qadar "MYU"dan 8 ochkolik farq bilan oldinda borayotgandi. Ammo so‘nggi turlar yomon kechadi. Oxirgi 9 o‘yindan 4 tasi g‘alaba bilan tugaydi. 38 tur esa "Lids"ga mag‘lubiyat bilan yakun topadi. Fergyusonning "qizil iblislar"i esa bahorda ishga kirishgandi. Ular so‘nggi 18 turning 15 tasida g‘alaba qozonib, chempionlikka erishadi.

"MYU" – 2011-12, 8 ochkolik farq

2011 yilning oktyabrida "Manchester Siti" "MYU"ni 6-1 hisobida tor-mor etadi. Ammo Fergyuson jamoasi shundan keyin uyg‘ongan edi. Ular 24 o‘yinning 20 tasida g‘alaba qozonib, qish oxirida 8 ochkolik farqni yuzaga keltiradi. Apreldagi "Uigan Atletik"ka 1-0 hisobidagi yutqiziq hammasini o‘zgartirib yuboradi. Machini jamoasi bundan foydalangan holda, 38 turdagi "QPR"ga qarshi g‘alaba bilan chempion bo‘ladi.

"Liverpul" – 2018-19, 9 ochkolik farq

Adolatli aytadigan bo‘lsak, "Liverpul" o‘sha mavsumda ko‘p ham xato qilmagandi (97 ochko). Yanvar oyida "shaharliklar"dan uchralgan 2-1 hisobidagi mag‘lubiyat, oxir-oqibat qimmatga tushgandi. Shundan keyin 17 o‘yinda Klopp 14 marta g‘alaba qozondi. Ammo bu yetarli bo‘lmadi. Qolgan duranglar jamoaga halaqit berdi. Oqibatda, Pepning jamoasi oldinga chiqib ketib, 1 ochko farq bilan chempionlikni rasmiylashtirgandi.

"MYU" – 1997-98, 11 ochkolik farq

"MYU" bu mavsumda titulsiz qolib ketadi. Bahor kirib kelgan paytda "MYU" "Arsenal"dan 11 ochko oldinda bӯladi. Ammo London klubining 3 ta zaxiradagi o‘yinlari ham bor edi. To‘pchilar "MYU"ni mag‘lub qilib, so‘nggi 8 ta o‘yinda maksimum ochko jamg‘aradi va chempionlikni tantana qiladi.

"Nyukasl" – 1995-96, 12 ochkolik farq

Kevin Kigan shogirdlari chempion bo‘lolmagan, ammo fantasfik mavsum o‘tkazgan jamoa edi. Ular qishda 12 ochkolik farqni yuzaga keltiradi. Biroq, martgacha 8 ta o‘yinda 5 ta mag‘lubiyat qayd etib, yetakchilikni qo‘ldan boy beradi. Ko‘pchilik ishonayotgan jamoa, o‘shanda qattiq qoqilgandi. Chempionlik poygasi esa inqirozga yuz tutgan. "Nyukasl" shundan keyin APLda titulga da’vo qilmay qo‘ydi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:19, 17.04.2023.
O'qildi: 2646 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.