Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

"MYU" "Sevilya" bilan ikki asosiy himoyachilarisiz o‘yin o‘tkazishga majbur. Erik ten Xag bu sinovni qanday hal qilmoqchi?

"MYU" "Sevilya" bilan ikki asosiy himoyachilarisiz o‘yin o‘tkazishga majbur. Erik ten Xag bu sinovni qanday hal qilmoqchi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yaqindagina bayonot bilan chiqqan edi. Unda himoyachi Lisandro Martines uchun mavsum yakuniga yetgani aytiladi. Rafael Varan esa jarohati sabab bir necha hafta maydonga tusha olmaydi. Bu ikki nom "MYU"ning mavsumini qutqarib qolishda muhim o‘ringa ega edi. Ammo ularning muammolari endi bunga yo‘l bermaydi. Shunday holatda bosh murabbiy Erik ten Xag qanday yo‘l tutadi? Bu savolga quyida javob izlab ko‘ramiz.

Xarri Maguayr va Viktor Lindelyof odatiy o‘rinbosar sifatida

(Ehtimoliy: Uan-Bissaka-Lindelyof-Maguayr-SHou)

Oddiy va ko‘rinib turgan yechim bu o‘ringa-o‘rin sifatida, boshqa markaziy himoyachilarni tushirishdir. Jamoa sardori bo‘lgan Xarri Maguayr joriy mavsumni asosan zaxirada o‘tkazdi. "Sevilya"ga qarshi unda yaxshi imkon bo‘ladi. Qolaversa, u birinchi davrdagi qo‘pol xatosini yuvishi kerak. Unga sherik bo‘lishi aytilgan Viktor Lindelyof ham "o‘t ochiruvchi"likka asrab turilgandi. Shvesiya terma jamoasi a’zosi ham mavsumni jarohatlari sabab o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi.

Lyuk Shou markaziy himoyachi sifatida

(Ehtimoliy: Uan-Bissaka-Maguayr-SHou-Malasiya)

Mavsumning ayrim qismlarida ten Xag Lyuk Shoudan markaziy himoyachi sifatida ham foydalangan edi. Aytish kerakki, bu reja ish bergan. Angliya terma jamoasi a’zosi yaqinda jarohatdan qaytdi. Ammo undan YELda foydalanish ko‘zda tutilgan. Uning markazlashishi Malasiyaga ham imkon beradi, albatta.

Kazemiro markaziy himoyachi sifatida

(Ehtimoliy: Uan-Bissaka-Kazemiro-Maguayr-SHou)

Qishda, tanaffusdan endi qaytilgan paytlarda "Byornli" va "MYU"ning liga kubogidagi bahsi bo‘lib o‘tadi. Ten Xag jamoasida tarkib muammosi paydo bo‘ladi. Varan va Martines mundial finalida o‘ynagani sababli ularga ta’til beriladi. Shunday vaziyatda himoyani o‘ylash kerak edi. Ten Xag esa markaziy mudofaaga Kazemironi qo‘yadi. Futbolchi yaxshi harakat qilib, jamoasiga g‘alaba keltiradi. Shu sababli bu hol yana takrorlanishi mumkin.

Skott Maktominey markaziy himoyachi sifatida

(Ehtimoliy: "Uan-Bissaka-Maktominey-Maguayr-SHou)

Ancha, be’manilashib ketdi. Ammo Maktominey ham himoyada harakat qilishi mumkin. Negaki, u o‘tmishda bu ishni eplay olgan. Shunga qaramay, shotlandiyalik futbolchi maydonning markazida ko‘proq foyda keltirishi ma’lum bo‘lgan. Erik ten Xagning o‘zi ham matbuot anjumanida uni yarim himoyachi rolidan siljitmasligini aytib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, "MYU" payshanba kuni Yevropa ligasi chorak-final doirasida "Sevilya" maydoniga safar qiladi. Birinchi o‘yindan keyin umumiy hisob 2-2 bo‘lib turibdi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 18:00, 18.04.2023.
O'qildi: 1949 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.