Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"Chelsi" va "Tottenxem". Mutxassislarga ishlash uchun qay biri ma’qulroq?

"Chelsi" va "Tottenxem". Mutxassislarga ishlash uchun qay biri ma’qulroq?

Baho:
+ | -

Londonning ikki katta klubi hozirda murabbiysiz qolgan. "Chelsi" va "Tottenxem"ga yaxshi darajaga ega murabbiy zarur bo‘lib turibdi. Xususan, shaharning ko‘k tomonida Grem Potterning ishdan olinishi Frenk Lempardning kelishi bilan yakun topgandi. "Oqlar"da Antonio Kontening ketishi, uning yordamchisi Kristian Stellinini vaqtinchalik boshqaruvga qo‘ydi. Ammo vaqtinchalik murabbiylar, baribir vaqtinchalik. Ular mavsum yakuniga yetganida jamoadan ketishadi. Biroq, bo‘shab qolgan o‘rinlarni to‘ldirishda bir muammo qalqib chiqadi. Har ikki klub bir xil shaxslarga ko‘z tikib turibdi. Luis Enrike, Yuliyen Nagelsman, Vensen Kompani o‘sha mutaxassislar sirasiga kiradi. Ammo murabbiylar uchun qay bir jamoani tanlagan ma’qulroq? Bu savolga, avvalo, Jeymi Karrager javob beradi.

"Agarda qaysidir murabbiy oldida "Chelsi" va "Tottenxem" tanlovi tursa, menimcha, u hech ikkilanishsiz "Chelsi"ni tanlaydi. Negaki, bu jamoa murabbiyga katta transfer imkoniyatlarini beradi. Ayni damda vaqtinchalikka Frenk Lempard olib kelindi. Ammo asosiy murabbiy yozda tayinlanadi. Men kelayotgan haftalarda Yuliyen Nagelsman "Chelsi"ga kelayotganini eshitsam, hayron qolmagan bo‘lardim. Chunki u yangi ishga tayyor. Shunchaki, unga ozgina vaqt kerak edi xolos. Ha, men butunlay nohaq bo‘lib chiqishim ham mumkin. Ammo "Chelsi" rahbariyati Frenkni uzoq ishda olib qolmaydi. Ularga jamoani tubdan o‘nglaydigan mutaxassis zarur".

 "Chelsi"da ishlash murabbiyga nimalar beradi?

Todd Boelining "Chelsi"dagi dastlabki yili tartibsizliklar bilan eslanadigan bo‘ldi. Klub Tomas Tuxelni ishdan bo‘shatib, o‘rniga Grem Potterni olib keldi. U ketgach esa, bitta o‘yinda yordamchi Bruno Saltor jamoani boshqarib turdi. Hozirda vaqtinchalik murabbiy sifatida Frenk Lempard ishlamoqda. Murabbiylarni bunday tez almashishi, transferlarga ham ta’sir ko‘rsatdi. Oqibatda, klub har-xil murabbiylar didiga mos tushadigan futbolchilar uchun 600 million funt sarfladi. Bir to‘da futbolchilar esa jamoaning yukasalishiga emas, balki APL jadvalida tobora pastga sho‘ng‘ishiga sababchi bo‘ldi. Ko‘rinib turibdiki, Todd Boeli "Chelsi"ni iloji boricha tez fursatlarda yaxshilashga harakat qilmoqda. Ammo harakatning natijasi teskari ta’sir berib turibdi. Uning murabbiylarni bu yo‘sinda almashtirishi, keladigan mutaxassislarni ham cho‘chitadi. Roman Abramovich davrida ham xuddi shunday edi. Qoida: yoki sovrin yutasan, yoki bo‘lmasa "chopilasan". Boeli ham shu yo‘ldan ketdi. U kelganidan beri har to‘rt oyda murabbiy almashtirmoqda.
"Chelsi"ga keladigan murabbiy uchun yana bir muammo bu sarflanayotgan puldir. Jamoadan, katta pul sarflash bilan bir qatorda, Moliyaviy Feyr pleyga amal qilish ham talab etiladi. Shu sababli, yozda bir nechta futbolchilar klubni tark etadi. "Aristokratlar"da sovrinlar yutish tarixi bor. Shuning uchun bu yerga ishlash uchun keladiganlarda albatta nimadir yutishga umid bo‘lishi lozim. Murabbiylikka nomzodlar maosh masalasida yaxshigina ustunlikka ega bo‘ladi. Masalan, Potter jamoadan ketishidan oldin 20 million funt kompensasiya oldi. Bu esa ancha katta summa.

"Tottenxem"da ishlash murabbiylarga nima beradi?

"Shporlar" rahbari Daniel Levi Antonio Kontening isyonkor intervyusidan keyin ishdan olishga majbur bo‘ldi. Ammo Konte o‘zi bilan 15 million funtni olib ketdi. Levi esa so‘nggi 22 yilda 12 murabbiyni tayinlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ha, bu ancha katta raqamlar. Ammo Levida Boelidan farqli ravishda sabr bor. U mutaxassislarga yetarlicha ishlash imkoniyatini beradi. Martin Jol, Jeymi Rednapp va Maurisio Pochettino "Tottenxem"ni ancha vaqt boshqargan. Ammo bu klubning eng katta muammosi sovrin yutish bo‘lib qolmoqda. 2008 yil Levi jamoasi titul egasiga aylangan. Shundan beri quruq mavsumlar davom etmoqda. Qolaversa, bu jamoa bo‘lar-bo‘lmasga pul sarflayvermaydi. Shunday ekan, "Tottenxem"ga keladigan murabbiy "Chelsi"dagiga qaraganda kamroq byudjetga ega bo‘ladi. Eng yomon tomoni, jamoa o‘z yetakchilaridan biri bo‘lgan Xarri Keyndan ajralish arafasida turibdi. Uning yozda boshqa jamoaga o‘tishi taxmin qilingan. 

Nima bo‘lgan taqdirda ham, "Tottenxem" muxlislarining talablari, boshida "Chelsi"niki kabi bo‘lmaydi. Negaki, "shporlar" so‘nggi o‘n yilliklarda APL, YECHL kabi musobaqalarda g‘olib bo‘lmagan. Biroq, keladigan murabbiydan, ular bir narsa umid qilishadi. U ham bo‘lsa, Pochettino davridagi hujumkor futbolga qaytishdir. Mourinyo, Eshpiritu Santu va Konte jamoani himoyaviy uslubga o‘tkazdi. Bu esa "Tottenxem"ga xos emas.
Garchand istalgan murabbiy uchun "Tottenxem"da muvaffaqiyatlarga erishish, "Chelsi"dagidan murakkabroq kechsada, "Oqlar" muxlislari sabrliroq bo‘la olishadi.

 

 

ISMATOV J.

 

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 06:18, 19.04.2023.
O'qildi: 1689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.