Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

"Tottenxem" Luis Enrike qo‘l-ostida qanday tarkibga ega bo‘ladi? Ispan mutaxassisi "Chelsi" nishonini sotib olishi mumkin

"Tottenxem" Luis Enrike qo‘l-ostida qanday tarkibga ega bo‘ladi? Ispan mutaxassisi "Chelsi" nishonini sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike APLda ishlashi haqida ma’lumotlar tarqalgan. "Barselona"da ishlagan mutaxassis uchun "Chelsi" ham qiziqish bildirayotgan edi. U Yuliyen Nagelsman bilan bir qatorda Todd Boelining ehtimoliy nozmodlari ichida tilga olinadi. Ammo "shporlar" rahbariyati Enrikeni o‘ziga og‘dirib olishni o‘ylamoqda. 52 yoshli murabbiy uchun "Tottenxem" jiddiy kurashga kirishi kutilmoqda. Uning London klubi kelishi, tarkibda bir qator o‘zgarishlar yasashi aytilgan. Bu haqida quyida so‘z boradi.

Enrike bundan to‘rt oy oldin Ispaniyaning mundialdagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki sabab o‘z ishidan ayrilgan. Uning oldingi ishi mobaynida ispan futbolchilari bilan mustahkam aloqalar shakllandi. Shulardan biri "Barselona"dagi kelajagi noma’lum bo‘lib turgan Gavidir. Kataloniya klubi o‘zining moliyaviy muammolari sababli Gavini asosiy tarkibdan chiqarib tashlashga majbur bo‘lgandi. Ushbu holat 19 yoshli yarim himoyachining "Chelsi"ga o‘tishi bilan bog‘liq mish-mishlar avj olishiga sababchi bo‘ldi. Ammo Luis Enrike "Tottenxem"da ish boshlasa, u holda Gavining manzili Londonning shimoliy tomoniga burilib ketadi.

"Vilyarreal" yulduzi Pau Torres "shporlar" qiziqishi doirasidagi yana bir nomdir. Agarda Enrike olib kelinsa, Torresni sotib olish imkoniyati oshib ketadi. 26 yoshli himoyachi "sariq suvosti kemasi"da 12 oydan ko‘proq muddatga ega xolos. Shu sababli "Vilyarreal" uni yozda yaxshi taklif uchun sotib yuborishga qarshi bo‘lmaydi. Torres Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempionatida qatnashgandi. Bu futbolchining kelishi "Tottenxjm"ning himoyadagi muammolariga yakun yasashi mumkin. Qolaversa, Enrike jamoaning uslubiyati va yondashuvini ham o‘zgartirishi tayin.

Marko Asensio Ispaniya termasining muhim figurasi sanaladi. U ham tez orada erkin agentga aylanadi. 27 yoshli yarim himoyachi haligacha "Real" bilan yangi shartnoma imzolagani yo‘q.
O‘gartirilishi mumkin bo‘lgan yana bir chiziq bu darvoza sohasidir. Yugo Lyorisning "shporlar"dagi davri yakuniga yetib bormoqda. Fransuz posbonini almashtirish muhim masala bo‘lib turibdi. Uning o‘rniga "Brentford" futbolchisi David Rayya olib kelinishi aytilgan. 27 yoshli darvozabon "MYU" uchun ham nishon sanaladi. Luis Enrike qishda uni mundial uchun termaga jalb etgan. Ammo maydonga tushirilmagandi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:10, 19.04.2023.
O'qildi: 3574 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.