"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Chempionlar ligasi 1/4 finali javob o‘yinida "Bavariya"ga qarshi o‘yinda penaltidan foydalana olmadi.
Norvegiyalik futbolchi 2021 yilning avgust oyidan beri birinchi marta 11 metrlik nuqtadan gol ura olmadi. U bundan avval Dortmundning “Borussiya”sida harakat qilayotgan vaqtda "Union" darvozasini ishg‘ol eta olmagandi.
Shundan so‘ng futbolchi ketma-ket 15 ta penaltini golga aylantirdi.