“Sevilya” bosh murabbiyi Xose Luis Mendilibar “Manchester Yunayted”ga qarshi Yevropa ligasi 1/4 final javob o‘yini haqidagi taxminlari bilan o‘rtoqlashdi. Birinchi uchrashuv durang natija bilan yakunlangandi -2:2.
"Imkoniyatlar 50 ga 50. Bu juda qiyin bo‘ladi, 2:2 hisobida durangdan keyin bizda ustunlik yo‘q. Muxlislar bizga yordam berishadi, lekin futbolchilar maydonda 11 taga qarshi 11 ta o‘ynashadi. “Yunayted”da tajriba bor”, - deya Mendilibar so‘zlaridan iqtibos keltiradi UYEFA matbuot xizmati.
Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 20 aprel kuni Sevilyada bo‘lib o‘tadi.