Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Xavi "Barselona"ga kelganidan beri La-liga jadvali qanday o‘zgardi?

Xavi "Barselona"ga kelganidan beri La-liga jadvali qanday o‘zgardi?

Baho:
+ | -

2021 yilning 6 noyabrida futbol dunyosi anchadan beri kutilayotgan xabarni eshitishga muvaffaq bo‘lgan: "Barselona" o‘z tarixida afsonaga aylangan yarim himoyachi, Xavini bosh murabbiylikka tayinladi. U Ronald Kumanni o‘rnini egalladi. Rahbariyat Xavini, jamoani yangi davrga olib chiqishiga umid qilgandi. Hozir bemalol aytish mumkinki, bu kutilmalar o‘zini oqlamoqda.
Xavi Ernandes 2015 yilda "Barsa"ni tark etadi. Unga Qatar klubi bo‘lgan "Al-Sadd"dan taklif kelgandi. Keyinchalik, ispan mutaxassisi o‘sha klubga bosh murabbiy bo‘ldi. Kataloniyada esa vaziyat yomonlashib borayotgandi. Xavi ketgach, klub katta moliyaviy inqirozni boshidan o‘tkaza boshladi. Bu jarayon shunchalik chuqur ediki, hattoki, klub ramziga aylanib ulgurgan Lionel Messi ham jamoadan ketishga majbur bo‘ldi. Ronald Kuman davrida moliyaviy muammolar maydonga ham ko‘chib o‘ta boshlaydi. Natijada, jamoa ko‘rsatkichlari tezlik bilan pastga sho‘ng‘iydi.

2021-22 yilgi mavsum startidan hammasi sezilgandi. "Ko‘k-anorranglilar" mavsumning dastlabki 13 o‘yinida faqat 4 ta g‘alaba qayd etadi. O‘shanda jamoaning o‘zligi yo‘qolib qolgandek edi. Ruhiyatdagi talofatni bartaraf etish uchun kimdir zarur bӯlan. Oqibatda, Xavi olib kelindi. Uning kelishi vaziyatni ancha yumshatadi. Xavi murabbiy sifatida unchalik katta tajribaga ega bo‘lmasada, uning mentaliteti va futbol zehni, "Barselona"da shakllangan edi. Boshqacha qilib aytganda, Xavi – "Barsa" odami. U Pep Gvardiola erasidagi shonli davrlarda jamoa markazida bo‘lgan. Shu sabab hamma yutuq va kamchiliklar ispan mutaxassisiga ma’lum edi. U keliboq ishni nimadan boshlashni bilgan. "Kamp-Nou"ga murabbiy sifatida ilk marta tashrif buyurganida Xavi shunday degandi:

"Bu – dunyodagi eng katta klub. Men bu yerda qattiq ishlamoqchiman. Muxlislar umidini ro‘yobga chiqarishimiz shart. "Barselona" durang yoki mag‘lubiyatlarni qabul qila olmaydi. Jamoaga faqat va faqat g‘alaba zarur. Men bu yerga tayyor holda keldim. Mening futbol olamidagi DNK'am o‘zgargani yo‘q. Maydonda bizga faqat to‘p nazorati, vaziyatlar yaratish, tezlik va shijoat zarur. Bizning vazifamiz yo‘qotilgan narsalarni yana joyiga qaytarish bo‘ladi".
"Barselona" shahar derbisida Xavi bilan g‘alabaga erishadi. Ammo orada og‘ir kechgan o‘yinlar ham bo‘ldi. Jumladan, "Bavariya"ga mag‘lub bo‘lish, jamoani YECHLdan YELga tushib ketishga majbur qildi. Klub 2003-04 yildan beri ilk marta quyi turnirda ishtirok etdi. "Barsa", shuningdek, Xavi bilan birinchi "El-klasiko"ni ham boy bergan (Super kubok, 3-2). Yevropa ligasida esa kataloniyaliklar "Ayntraxt"ga yutqazib qo‘yadi.

Yuqoridagi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, "Barselona"da sezilarli o‘sish kuzatila boshladi. Jumladan, jamoa Xavi kelganidan beri La-ligada eng ko‘p ochko jamg‘argan tomonga aylandi. Ayni damda "Barselona" "Real"dan besh ochko ko‘p to‘plagan holda turnir jadvalini boshqarib turibdi. Klub 2019 yildan beri ilk bor Ispaniya chempioni bo‘lishi mumkin. Mart oyidagi "Real"ga qarshi qo‘lga kiritilgan "Bernabeu"dagi g‘alaba (0-4) shuni ko‘rsatdiki, Xavi tuzgan jamoa Yevropadagi qudratlardan biriga aylanib bormoqda.
Quyida Xavi "Barselona"ga kelganidan beri La-liga jamoalari to‘plaga ochkolar solishtiriladi.

Eslatma: har bir jamoa 50 tadan o‘yin o‘tkazgan (o‘tkazmaganlarining o‘yinlar soni aniq yozilgan). Ro‘yxatda Xavi davrida La-ligada bo‘lib turgan 17 jamoa nomi beriladi.

1. "Barselona" – 115 ochko (49 ta o‘yin)
2. "Real" – 111 ochko
3. "Atletiko" – 90 ochko
4. "Real Betis" – 83 ochko (48 ta o‘yin)
5. "Vilyarreal" – 75 ochko (49 ta o‘yin)
6. "Atletik Bilbao" – 69 ochko (49 ta o‘yin)
7. "Sevilya" – 68 ochko
8. "Real Sosyedad" – 67 ochko
9. "Selta" – 63 ochko (47 ta o‘yin)
10. "Osasuna" – 61 ochko (49 ta o‘yin)
11. "Rayo Valyekano" – 56 ochko (48 ta o‘yin)
12. "Malyorka" – 55 ochko (48 ta o‘yin)
13. "Valensiya" – 54 ochko
14. "Xetafe" – 52 ochko (46 ta o‘yin)
15. "Espanyol" – 52 ochko (48 ta o‘yin)
16. "Kadis" – 52 ochko (48 ta o‘yin)
17. "Elche" – 40 ochko (49 ta o‘yin).

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 08:47, 20.04.2023.
O'qildi: 3365 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.