Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

"Tottenxem" prezidenti: "Bir kun kelib stadionimiz yoniga Keynning haykali o‘rnatiladi"

"Tottenxem" prezidenti: "Bir kun kelib stadionimiz yoniga Keynning haykali o‘rnatiladi"

Baho:
+ | -

"Tottenxem" prezidenti Daniel Levi Xarri Keyn haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Levi 29 yoshli ingliz futbolchisi "shporlar" bilan sovrin yutishi mumkinligiga ishonch bildirdi.

"Xarri Keyn "Tottenxem"da sovrin yutishi mumkin, ammo afsonaning maqomi ham birdek muhim. Umid qilamanki, bir kun kelib stadionimiz yoniga uning haykali o‘rnatiladi", - dedi Levi The Cambridge Union bilan suhbatda.

Avvalroq, Keynga Fransiyaning "PSJ" klubi qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Futbolchining "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali angliyalik futbolchini 90 million yevroga baholamoqda.

Keyn joriy mavsumda APLda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 11:32, 20.04.2023.
O'qildi: 959 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик