Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Qizil iblislar" andalusiyaliklarni "qonini ichgani" Ispaniyaga yo‘l oldi. "Musobaqa egalari"ni yengib o‘tish oson ishmi?

"Qizil iblislar" andalusiyaliklarni "qonini ichgani" Ispaniyaga yo‘l oldi. "Musobaqa egalari"ni yengib o‘tish oson ishmi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" Yevropa ligasining yarim finaliga chiqish uchun oldin hech qachon qilmagan ishini bajarishi lozim – "Sevilya"ni mag‘lub etish. Yevrokuboklar doirasida "qizil iblislar" so‘nggi 4 ta o‘yinda 2 ta durang, 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Qolaversa, "MYU"ning ispan jamoalariga qarshi natijalari unchalik ham yaxshi emas. Marsel Zabitserning goli bu qora an’anaga yakun yasashi kerak edi. Ammo bunday bo‘lmadi. "Old Trafford"dagi o‘yin durang bilan yakunlandi. Malasiya va Maguayrning avto gollari hamma masalani "Ramon Sanches Pisxuan" stadioni qoldirgandi. "Sevilya" YELda dahshatli ko‘rsatkichlarga ega. Bu jamoa turnir sovrinini olti marta qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Andalusiya klubi o‘z maydonidagi so‘nggi 26 ta o‘yinning 23 tasini g‘alaba bilan yakunlagan. Xose Luis Mendilibar esa "Sevilya"ni Yevropa ligasida boshqarayotgan 7 murabbiy bo‘lib turibdi. Qolgan 6 tasining beshtasi uy uchrashuvlarida faqat g‘alabalar qayd etgan. Shunday paytda, "MYU" o‘zining safardagi muvaffaqiyatli seriyasiga ishonishi mumkin. Xususan, "qizil iblislar" yevrokuboklardagi so‘nggi 13 ta safar o‘yinlarining faqat bittasida mag‘lub bo‘lgan xolos. Bu mag‘lubiyat 2021 yilning mayida, "Roma"ga qarshi qayd etilgandi (3-2).
Ushbu juftlik g‘olibi yarim finalda "Yuventus" yoki "Sporting" bilan to‘qnash keladi.


Jamoalar sport formasi haqida

Avvalo, mezbon jamoa haqida. "Sevilya" o‘z tarixidagi eng omadsiz mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda. Bu jamoa La-ligada 9 ta g‘alaba, 8 ta durang va 12 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Oqibatda, klub xavfli zona atrofida turibdi. Ammo so‘nggi turdagi "Valensiya"ga qarshi muhim g‘alaba, jamoaning jadvaldagi pozisiyasini yaxshilagan. Shuni ham ta’kidlash kerakki, "Sevilya"ning ko‘plab mag‘lubiyatlari, bu mavsumda, asosan mehmonda qayd etilmoqda. Ya’ni, uydagi o‘yinlarda jamoa yaxshi harakat qiladi.
"Manchester Yunayted"da bu borada hammasi joyida. Klub APLning so‘nggi turida "Nottingem"ni safarda mag‘lub etgandi. "MYU" aprel davomida faqat "Nyukasl"ga qarshi, safarda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishga majbur bo‘lgan. Erik ten Xag "Liverpul"ga 7-0 hisobida mag‘lub bo‘lganidan beri 6 ta o‘yinda g‘alaba, 2 ta o‘yinda esa durang qayd etdi.


Jarohatlanganlar haqida

"Sevilya"da himoyachi Gonsalo Montiyel YELda ketma-ket 3 ta sariq kartochka olgani sabab bugungi bahsni o‘tkazib yuboradi. Jamoaning yana bir qanot himoyachisi Aleks Telles "MYU"dan ijaraga olinganiga qaramay, bahsda ishtirok etishi mumkin.
Erik ten Xag jamoasida katta yo‘qotish mavjud. Jamoa sardori Brunu Fernandesh uchta sariq olgani uchun disfalifikasiyaga duchor bo‘ldi.
Markus Reshford jarohatidan tuzalishni davom ettirmoqda. Shu sabab u ham tarkibga kiritilmaydi. Birinchi o‘yinning qahramonlaridan biri bo‘lgan Zabitser jarohat olgani uchun "Nottingem"ga qarshi uchrashuvda qatnashmagandi. Uning "Sevilya" bahsida maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda. Ularga qo‘shimcha ravishda Erik ten Xag jamoasida Alexandro Garnacho, Donni van de Bek, Lisandro Martines va Rafael Varanlar uzoq vaqtga safdan chiqqan. Shuningdek, Lyuk Shou oyoqlarining payini cho‘zilgani uchun o‘yinga tayyor bo‘lmasligi mumkin.

Kimlar porlaydi?

"Sevilya"nimg eng yorqin yulduzi jamoaning asosi bo‘lgan Ivan Rakitichdir. Ammo Yussuf En-Neseri va Xesus Navaslar ham birinchi o‘yinda o‘zini ko‘rsata olgan edi.
"MYU" Brunu Fernandesh va Marsel Zabitsersiz ancha qiynaladi. Ammo maydon markazidagi Kazemiro hammasini hal qilishi mumkin. Aynan u, bugungi bahsda jamoani qutqarishi aytilgan. Unga hamroh ravishda Kristian Eriksen harakat qiladi. Oldingi chiziqda esa o‘z formasini tiklab olgan Antoni yana gol urishga urinib ko‘radi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:00, 20.04.2023.
O'qildi: 2599 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.