Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Rabyo: "Jamoaning yarim finalga qadar yetib borganidan mamnunman"

Rabyo: "Jamoaning yarim finalga qadar yetib borganidan mamnunman"

Baho:
+ | -

"Yuventus" yarim himoyachisi Adriyen Rabyo "Sporting"ga qarshi ikkita o‘yindan so‘ng Yevropa ligasi yarim finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi.

20 aprel kuni turinliklar javob o‘yinida "Sporting" bilan durang o‘ynadi - 1:1. Jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yin 1:0 hisobida “Yuventus” foydasiga hal bo‘lgandi. Ikki o‘yin yig‘indisiga ko‘ra, "Yuve" umumiy 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.

“Jamoaning Yevropa ligasi yarim finaliga qadar yetib borganidan mamnunman. Raqobatbardosh bo‘lish "Yuventus"ning DNKsida bor. O‘yin yakuniga qadar “Sporting”ning hujumlarini bartaraf eta oldik, – deya Rabyoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UYEFA matbuot xizmati.

Yevropa ligasi yarim finalida “Yuventus” “Sevilya”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 11 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:28, 21.04.2023.
O'qildi: 692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.