Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Xolandning natijalarini afsonaviy futbolchilarnikiga solishtiramiz: kimning ko‘rsatkichlari yaxshiroq?

Xolandning natijalarini afsonaviy futbolchilarnikiga solishtiramiz: kimning ko‘rsatkichlari yaxshiroq?

Baho:
+ | -

Erling Xoland Angliya Premyer-ligasida fantastik mavsumni o‘tkazmoqda. Endigina 22 yosh bo‘lishiga qaramay, hujumchi yangi liga va yangi mamlakatga darrov va osonlik bilan moslasha oldi. U Pep Gvardiolaning dominant jamoasida muhim figuraga aylandi. "Manchester Siti" Xoland ta’siri bilan hali ham uch frontda kurash olib bormoqda. Norvegiyalik futbolchining mavsumdagi natijalari odamni hayratga solmay qo‘ymaydi. Shulardan biri, uning APLdagi 30 ta o‘yinda Muhammad Salohning 32 talik gol rekordini yangilay olganidir. Xoland Endi Koul (1993-94) va Alan Shirer (1994-95) tomonidan o‘rnatilgan APL rekordini yangilashga juda yaqin turganini ham ta’kidlash joiz. Ammo u paytlarda turnir 38 turdan emas, balki 42 turdan iborat edi.

Erling Xoland barcha musobaqalarni hisobga olganda ham fantastik ko‘rsatkichlarga ega. Jumladan, u YECHLning 8 ta o‘yinida 12 ta gol urishga erishdi. Uning mavsumdagi umumiy gollari soni 48 taga yetdi. Bu esa APL davridagi rekord sanaladi. Hozirda "Manchester Siti" oldida 13 tagacha o‘yin qolgan. Agarda shu bahslarning hammasida Xoland qatnashadigan bo‘lsa, aniqki, yana ko‘plab rekordlar buzib o‘tiladi. Futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yinlari haqida Pep Gvardiola fikr bildirib o‘tgandi. U shunday deydi:

"Men uni barcha rekordlarni yangilashini juda ham istayman. Negaki, Xoland qancha ko‘p gol ursa, biz shunchalik musobaqalarda uzoqqa bora olamiz. U bizga katta yordam bermoqda. Uning natijalariga aql bovar qilmaydi. Oldimizda yana sakkizta-o‘nta o‘yin kutib turibdi. Xoland esa rekordlarni yangilashni davom ettiradi deb o‘ylayman. Men aniq statistik ma’lumotlarga ega emasman. Sizlar meni bundan boxabar qilishingiz kerak. Mening bilganim faqat bir narsa – Xoland bizga kerak va uning natijalari ajoyib".
Xo‘sh, Xoland shunday zo‘r futbolchi ekan. Unda keling, uning 2022-23 yilgi natijalarini APL afsonalarinikiga taqqoslab ko‘ramiz. Demak, quyida barcha musobaqalardagi ko‘rsatkichlar taqdim etiladi.

1. Erling Xoland (2022-23)
O‘yinlar: 41 ta
Startlar: 39 ta
Zaxiradan: 2 marta
Gollar: 48 ta
Assistlar: 6 ta
Penaltidan: 7 ta gol

Xet-triklar: 7 ta
Jarima zarbasidan: 0 ta gol
1 ta gol/daqiqa: 66
1 ta gol/o‘yindan: 77 daqiqa
1 ta gol/assist: har 58 daqiqada

Sovrinlar: aniq emas

2. Muhammad Saloh (2017-18)

O‘yinlar: 52 ta
Startlar: 47 ta
Zaxiradan: 5 marta
Gollar: 44 ta
Assistlar: 16 ta
Penaltidan: 1 ta gol

Xet-triklar: 1 ta
Jarima zarbasidan: 0 ta gol
1 gol/daqiqa: 93
1 ta gol/o‘yindan: 95 daqiqa
1 ta gol/assist: har 68 daqiqada

Sovrinlar: mavjud emas.

3. Krishtianu Ronaldu (2007-08)

O‘yinlar: 49 ta
Startlar: 46 ta
Zaxiradan: 3 marta
Gollar: 42 ta
Assistlar: 8 ta
Penaltidan: 6 ta gol

Xet-triklar: 1 ta
Jarima zarbasidan: 5 ta gol
1 ta gol/daqiqa: 99
1 ta gol/o‘yindan: 115 daqiqa
1 ta gol/assist: har 83 daqiqada

Sovrinlar: YECHL, APL, Angliya super-kubogi

4. Tyerri Anri (2002-03)

O‘yinlar: 55 ta
Startlar: 52 ta
Zaxiradan: 3 marta
Gollar: 32 ta
Assistlar: 28 ta
Penaltidan: 3 ta gol

Xet-triklar: 2 ta
Jarima zarbasidan: 4 ta gol
1 gol/daqiqa: 145
1 gol/ o‘yindan: 159 daqiqa
1 gol/assist: har 77 daqiqada

Sovrinlar: Angliya kubogi, Super-kubok

5. Alan Shirer: (1994-95)

O‘yinlar: 49 ta
Startlar: 49 ta
Zaxiradan: 0 marta
Gollar: 37 ta
Assistlar: 15 ta
Penaltidan: 10 ta gol

Xet-triklar: 3 ta
Jarima zarbasidan: 0 ta gol
1 ta gol/daqiqa: 118
1 ta gol/o‘yindan: 163 daqiqa
1 ta gol/uzatma: har 84 daqiqada

Sovrinlar: APL chempionligi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 21:14, 22.04.2023.
O'qildi: 4466 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.