Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ekitike ma’lum shartlar ostida "PSJ"da qolishi mumkin

Ekitike ma’lum shartlar ostida "PSJ"da qolishi mumkin

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Ugo Ekitike hamon klubda qolishi mumkin.

Hujumchi "PSJ" kelasi yozda sotishni rejalashtirayotgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan, bu haqda turli manbalar bir necha bor ma’lum qilgandi. Jurnalist Fabris Xokinsning so‘zlariga ko‘ra, agar iste’fosi deyarli muqarrardek ko‘rinadigan bosh murabbiy Kristof Galtye ketsa, Ekitikening pozisiyasi hali ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 20 yoshli futbolchiga Germaniya Bundesligasi va Angliya Premyer-ligasi vakillari qiziqish bildirmoqda.

Ugo Ekitike bu mavsumda Parij klubi safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 00:49, 23.04.2023.
O'qildi: 962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.