Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

«Barselona» — «Atletiko» o‘yiniga oid raqamlar

«Barselona» — «Atletiko» o‘yiniga oid raqamlar

Baho:
+ | -

“Barselona” La Liga 30-turi doirasida kechgan “Atletiko”ga qarshi o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ortda qolgan 30 tur davomida katalonlar bor-yo‘g‘i 9 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Bu Yevropa top-7 lik (Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Portugaliya va Niderlandiya) ligalari tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.

Avvalgi rekord “Portu”ga tegishli bo‘lib, portugal klubi 1991/92 yilgi mavsumda 30 ta tur davomida 10 ta gol o‘tkazib yuborgandi. APL 2004/05 yilgi mavsumida “Chelsi” bu ko‘rsatkichni takrorlagan. La Ligada esa eng yaxshi ko‘rsatkich “Atletiko”ga tegishli (14 ta gol).

La Liga joriy mavsumida Mark-Andre ter Shtegen darvozasini ishg‘ol qilgan klublar: “Real Madrid” (4 gol), “Real Sosyedad” (1), “Osasuna” (1), “Espanyol” (1), “Betis” (1) va “Almeriya” (1).

Xavi jamoasi Primera joriy mavsumida 23 ta quruq o‘yin o‘tkazdi. Klub tarixidagi eng yaxshi natija 1986/87 yilgi mavsumda (24 ta quruq o‘yin) qayd etilgan.

Katalonlar chempionat ushbu mavsumida 10 marta 1:0 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Bunaqasi “Barselona” tarixida ilk bor kuzatildi. Rekord esa 11 taga teng: “Sevilya” (2020/21), “Atletiko” (2017/18) va “Valensiya” (1988/89). Biroq bu klublarning birortasi yakunda chempionat g‘olibiga aylana olmagan.

Penaltisiz 350 kun, Simeonening qo‘rqinchli tushiga aylangan “Kamp Nou”

“Atletiko”ning La Ligadagi 13 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlandi. Oxirgi marta madridliklar 8 yanvar kuni yutqazgan. O‘shanda ham “Barselona” 0:1 hisobida ustun kelgandi.

Madrid jamoasi qatorasiga uchinchi marta katalonlarga yengildi. So‘nggi bor “matraschilar” 2021 yilning oktyabrida g‘alaba qozongandi (2:0).

“Atletiko” La Ligada ketma-ket 350 kundan biri penalti ishlay olmayapti. Jamoa ketma-ket 33 turdan beri 11 metrlik jarima zarbasi tepmayapti. Har ikki ko‘rsatkich ham rekord. Bunga qadar “Atletiko” 1941/42 va 1942/43 yilgi mavsumda ketma-ket 32 ta o‘yinda penalti tepmagandi.

Diyego Simeone “Atletiko” boshqaruvidagi barcha musobaqalar doirasida 16 marta “Kamp Nou”da g‘alaba qozona olmadi. Mutaxassis hech qaysi stadionda bu qadar yomon ko‘rsatkich qayd etmagan.

Levandovskida 7 yillik antirekord

Katalonlar hujumchisi Robert Levandovski so‘nggi 10 ta o‘yinning 9 tasida gol ura olmadi. Bu polshalik futbolchi uchun 2016 yilning bahoridan keyingi eng yomon ko‘rsatkich. O‘shanda ham Levandovski “Bavariya” va Polsha safidagi ketma-ket o‘nta o‘yinning faqat bittasida gol urgandi.

“Barselona” darvozaboni ter Shtegen La Liga joriy mavsumida “Kamp Nou”da 15 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularning 13 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va ikkita gol o‘tkazib yubordi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:45, 24.04.2023.
O'qildi: 2033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик