Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

«Manchester Yunayted» tarixiy rekord ostonasida

«Manchester Yunayted» tarixiy rekord ostonasida

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” Angliya Kubogi finaliga yo‘l oldi. “Qizil iblislar” yarim finalda “Uembli” stadionida “Brayton”ni mag‘lub etdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida ham, qo‘shimcha daqiqalarida ham yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi, biroq o‘yin taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi.

Ikkala jamoa ham birinchi oltita zarbani golga aylantirdi. Keyin esa “Manchester Yunayted” futbolchisi Vaut Vegorst to‘pni o‘pdi va “Brayton” yetakchilaridan biri Solli Marchga berdi. U zarbada adashdi. Manchesterliklar safida esa Viktor Lindelyof hal qiluvchi penaltini golga aylantirdi.

“Manchester Yunayted” so‘nggi to‘qqizta penaltilar seriyasidan faqatgina ikkitasida g‘alaba qozongan. Mankunianlar oxirgi marta 2019 yilda Angliya Liga Kubogi doirasida “Rochdeyl” klubini penaltilar seriyasida mag‘lub etgandi. Qiziq fakt: ikkala o‘yinda ham raqib darvozasini Robert Sanches qo‘riqlagan. “Rochdeyl” darvozabonni aynan “Brayton”dan ijaraga olgandi. Har ikki safar ham darvozabon penaltilarni birortasini qaytara olmagan.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” Angliya Kubogi doirasida ilk bor penaltilar seriyasida g‘olib bo‘ldi. Manchester klubi 2023 yilning 24 apreliga qadar musobaqa doirasida to‘rt marta penaltilar seriyasida ishtirok etgan va barchasida mag‘lub bo‘lgan.

Roberto De Zerbining “Brayton”i ajoyib o‘tkazayotgan mavsumini sovrinsiz yakunlaydigan bo‘ldi. Angliya Liga Kubogida “Arsenal”ni mag‘lub etgan jamoa penaltilar seriyasida “Charlton”ga mag‘lub bo‘ldi. Angliya Kubogida esa “Liverpul”dan o‘ta olgan jamoa yana penaltilar seriyasi tufayli o‘z yurishini to‘xtatdi. “Brayton”ning “Uembli”da omadi yurishmaydi. Jamoa Angliyaning asosiy stadionida o‘tkazgan 6 ta o‘yinida biror marta ham g‘alaba qozona olmagan (2 durang va 4 mag‘lubiyat). “Chaykalar” bu maydonda to‘rtinchi marta gol ura olmadi.

“Manchester Yunayted” joriy mavsum Angliya Liga Kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Endilikda mavsumdagi ikkinchi titulidan bir qadam ajratib turibdi. Jamoa tarixda uchinchi marta bir mavsumda ikkala finalda ham ishtirok etmoqda:

— 1982/83 yilgi mavsumda Ron Atkinson jamoasi Angliya Kubogida “Brayton”ni mag‘lub etgan (2:2 va 4:0), Liga Kubogida esa 1:2 hisobida “Liverpul”ga mag‘lub bo‘lgan.

— 1993/94 yilda esa Aleks Fergyuson jamoasi Angliya Kubogi finalida “Chelsi”ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etgan. Liga Kubogida esa Ron Atkinsonning “Aston Villa”siga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

“Manchester Yunayted” hali bir mavsumda Angliya kuboklarida dublga erishmagan. Erik ten Hag birinchi mavsumidayoq shunday noyob natijaga erishishi mumkin.

Ten Hag shogirdlarini finalda “Manchester Siti” kutib turibdi. Bungacha turnirning 152 yillik tarixida Manchester klublari finalda o‘zaro to‘qnash kelmagan.

Ma’lumot uchun, “shaharliklar” Angliya Kubogida 6 marta g‘olib chiqqan. “Manchester Yunayted” esa musobaqaning 12 karra chempioni hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:33, 24.04.2023.
O'qildi: 4502 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.