Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Eshkak eshish bo‘yicha Olimpiada sovrindori bo‘lgan rossiyalik sportchi O‘zbekiston terma jamoasiga qo‘shilishi mumkin

Eshkak eshish bo‘yicha Olimpiada sovrindori bo‘lgan rossiyalik sportchi O‘zbekiston terma jamoasiga qo‘shilishi mumkin

Baho:
+ | -

Rossiyalik eshkak eshuvchi Anna Prakaten O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘shilishni xohlamoqda. Bu haqda Rossiya Eshkak eshish sporti federasiyasi prezidenti Aleksey Svirin ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda “TASS”.

Anna Prakaten 30 yoshda. U Rossiya terma jamoasi tarkibida 2021 yilgi Yevropa chempionati g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, akademik eshkak eshish bo‘yicha Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlari kumush medalini qo‘lga kiritgan. Anna 2016 yilgacha Belarus sharafini himoya qilgan.

“Anna Prakaten O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘shilishni niyat qilmoqda. Albatta, uning ketishi jamoamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ladi. Lekin har bir sportchi o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi kerak. Hozir yuqori darajadagi sportchilarimiz qiyin kunlarni boshdan kechirmoqda, musobaqalardan chetlatilgan vaqtda motivasiya topish juda qiyin.

Anya qish-bahor mavsumida qisman mustaqil, qisman terma jamoa bilan shug‘ullandi. U faoliyatini yakunlash haqida ham o‘yladi, lekin xalqaro musobaqalarda ishtirok eta olish uchun O‘zbekiston sharafini himoya qilishga qaror qildi.

Biz o‘tgan yili yaxshi aloqada bo‘lgan O‘zbekiston federasiyasi avvalroq xalqaro maydonda ishtirok etish uchun fuqaroligini o‘zgartiradigan rossiyalik sportchilarni qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

O‘ylashimcha, xalqaro federasiyaga allaqachon murojaat qilingan va bu masala ko‘rib chiqilgan. Agar xalqaro federasiya buni ma’qullasa, sportchining O‘zbekiston uchun kurash olib borishiga to‘sqinlik qilishdan foyda bo‘lmaydi.

Bunday sportchilar uchun 24 oylik karantin mavjud, ammo Xalqaro eshkak eshish federasiyasi ijroqo‘mi rossiyalik sportchilar hozirda qanday holatda ekaniga qarab uni qisqartirishi mumkin. Shuning uchun Prakaten Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan ishtirok etishi mumkinligini inkor qilib bo‘lmaydi”, — dedi Svirin.

Qayd etish kerak, ayni vaqtda Rossiya va Belarus sportchilari ko‘plab xalqaro musobaqalar qatori Olimpiada va unga saralash bosqichini o‘taydigan turnirlarda qatnasha olmayapti. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Ukrainadagi harbiy harakatlar sabab mamlakat sportchilarini ko‘plab musobaqalarga qo‘ymayapti.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:36, 24.04.2023.
O'qildi: 1200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.