Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Braziliya termasiga haligacha murabbiy tayinlanmadi. Ularda bir nechta jiddiy variantlar bor

Braziliya termasiga haligacha murabbiy tayinlanmadi. Ularda bir nechta jiddiy variantlar bor

Baho:
+ | -

 Braziliyada kulgili voqealar sodir bo‘lmoqda. Haligacha bosh murabbiyga ega bo‘lmagan yuqori prefiksli yagona jamoa. Va hatto murabbiylik kursisi uchun aniq takliflar ham yo‘q. Qiziqarli ziddiyat shundaki, o‘zini nomzod bo‘lishdan mamnunman, deb ko‘rsatadigan murabbiylar bor va qandaydir tanlov haqida jiddiy o‘ylayotgandek ko‘rsatadigan Braziliya futbol federasiyasi bor.

Shuni ham tushunish kerakki, BFF hali ham Braziliya jamoasi qanday o‘ynashi kerakligi bo‘yicha aniq belgilangan mezonga ega emas, ayniqsa, nomzodlar orasida Abel Ferreyra va Diniz, Mourinyo va Anchelotti borligini hisobga olsak. 

Variantlar va o‘yin uslubi haqida quyidagicha tahminlar bor 

Karlo Anchelotti. O‘ylaymanki, Terma jamoada Jesus yoki Pedroga o‘xshagan hujumchilarga kamroq imkon beriladi. Antoni hamda Vinisius vingerlar sifatida asosiy tarkibdan o‘rin olsa, markaziy hujum chizig‘i Anchelottining yoqtirgan shogirdi Rodrigoga qoladi. 

Jorje Jezush. Ishonish qiyin, lekin ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u qisqa ro‘yxatdagi ikkinchi variant. Bunday holatda Gabigol va Jerson terma jamoadan chaqiruv olishi va hatto asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishi mumkin. 

Fernando Diniz. O‘sha joga bonitoning tugashi mana shu murabbiy kelsa, ro‘y beradi. André va Bruno Gimarayesh jamoa markazida ko‘proq harakatchanlik va hujumda assimetriya taqdim eta oladi, Rodrigo va Neymar istalgan joyda o‘ynasa, Vini esa hujumkorroq rolga ega bo‘lardi. Kayo Enrike butun qarama-qarshi qanotni Vandersonga qoldirib, lateral yaratuvchiga aylanadi.

Abel Ferreyra. Odatda qanotlarda konservativ, boshlang‘ich 4-3-3 bilan "Palmeyras"dagi kabi hujumkor 4-2-4ga aylanadi. Gabi Jezus doimiy harakatda va Roni bilan o‘z joylarini o‘zgartiradi. Paketa hududni nazorat qiladi, Neymar esa Veyga sifatida. Oddiy pozision uslub.

Dorival Junior. O‘ylaymanki, u mavjud asosiy o‘yinchilarga yaxshi moslashib, ularni 4-2-2-2 sxemasida ko‘proq funksional uslubga tiklab, Rodrigo va Neymarni nazoratchi sifatida, Pedro va Vini esa hujumda erkinroq pozisiyada joylashar edi. Shu bilan birga, u katta ehtimol bilan ko‘proq hujumkor o‘ng qanot himoyachisidan foydalanadi.

Lui Enrike. Braziliya uchun zulmat. Ispaniya kabi 2-3-5 pozisiyasiga o‘tish, qanotlar qanotlarga bog‘langan, yolg‘on 9 va chiziqlar orasida Neymar va Bruno. Tite o‘rniga eng yomon nomzod.

Xosep Gvardiola. Xo‘sh, nega bo‘lishi mumkin emas? Maksimal mehnatsevar va hujumkor o‘yinchilar va eng kutilmagan joylarda. Ma’no jihatidan Tite o‘rniga eng yaxshi nomzod.

Joze Mourinyo. Pepning asosiy antagonisti. "Roma" bu mavsumdagi 3-4-2-1 sxemasidan foydalanishi dargumon, ammo an’anaviy 4-2-3-1 sxemasini qo‘llaydi. Paketa ikkinchi himoyachi yarim himoyachisi sifatida, Neymar yolg‘on 9 ostidagi erkin futbolchi.

Mano Menezes. To‘pga. 4-2-3-1. Faol qanotlar va hujumkor jamoa, Manoga yoqadigan hamma narsa tarkibda bor.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 17:43, 25.04.2023.
O'qildi: 2559 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.