Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Gvardiola: "Hozir "Arsenal" uchun har bir o‘yin final"

Gvardiola: "Hozir "Arsenal" uchun har bir o‘yin final"

Baho:
+ | -

Pep Gvardiola "Arsenal"ga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men bir necha hafta oldin aytgandim: mavsum oxiriga kelib, agar yutqazsak, hammasi tugadi.

Oktyabr, noyabr oylarida shunday vaziyatga tushib qolganingizda, bu tuyg‘uni boshdan kechirmaysiz. Ayniqsa, ketma-ket ikki marta Premyer-liga chempionligidan keyin.

Premyer-ligadagi ilk mavsumimizda biz mavsumni har bir o‘yin finaldek boshladik. Har bir uchrashuv final edi. Men buni juda yaxshi eslayman.

Hozir esa "Arsenal"ni chetdan kuzatar ekanmiz, har bir o‘yin ular uchun finaldek tuyuladi. Biz uchun Premyer-ligada ikkita chempionlikdan so‘ng mavsum boshida har bir o‘yin final bo‘lmagan.

Ammo hozir, ayniqsa, so‘nggi oylarda, Chempionlar Ligasi, Angliya Kubogi, Premyer-ligada o‘ynaganimizda, mavsum yakuni yaqinlashayotganini ko‘ramiz.

Biz nima uchun o‘ynayotganimizni tushunamiz. Hozir hammasi o‘z qo‘limizda. Albatta, "Arsenal"ning ham qo‘lida. Agar g‘alaba qozonishsa, hammasi ularga bog‘liq. Agar g‘alaba qozonsak, hammasi o‘zimizga bog‘liq. Ammo oldinda yettita o‘yin bor.

Bu uchrashuv muhim, ammo hal qiluvchi emas. Chunki oldinda hali ko‘p qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Lekin biz bu o‘yinning ahamiyatini inkor etmaymiz", - dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi.

 

 

Kiritildi: 22:01, 25.04.2023.
O'qildi: 1315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.