Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli 2-0 Monsa
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

"Manchester Siti" va trebl! Gvardiola buni uddalay olarmikin?

"Manchester Siti" va trebl! Gvardiola buni uddalay olarmikin?

Baho:
+ | -

 Evrofutbolda trebl atalmish tushuncha borki, ko‘plab grand klublar u sari intiladi va barcha sovrinlarni yutish uchun kurashadi. Shu sababli bu mavsumda ham bunday jamoa yo‘q emas. O‘zi ishtirok etayotgan katta turnirlarda kubok sohibi bo‘lish ancha murakkab ish. Buning uchun nafaqat mahorat va tajriba balki, omad ham zarur bo‘ladi. Treblni qo‘lga kiritish uchun UYEFA chempionlar ligasida g‘alaba qozonish kerak va buning uchun 4 jamoa kurash olib bormoqda. "Milan" va "Inter" A seriyada chempion bo‘la olmaydi va ular shu sababli bu kurashdan chiqib ketadi. "Real" esa Ispaniya La Ligasida "Barselona"dan ancha ortda qolmoqda va ularning trebl qayd etishi juda qiyin. Yagona katta nomzod bu "Manchester Siti". "Shaharliklar" trebl qayd eta oladimi? Qo‘yida shu haqida fikr yuritamiz. 

  Angliya kubogi 

Angliya kubogida finalchilar nomi aniq bo‘lib ulgurgan. O‘tgan haftada yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi va unda Manchesterning ikki klubi keyingi bosqich masalasini hal qilishdi. Final o‘yini 3-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Uembli o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan bahs ikki klub uchun ham muhim. "MYU" mavsumni sovrin bilan yakunlashi, "Man Siti" esa trebl uchun kurashda davom etishi mumkin. Ammo "shaharliklar" bu uchrashuvgacha Premyer liga masalasini hal qilib bo‘ladi va Chempionlar ligasi yarim final o‘yinini ham yakunlab ulguradi. Shunday ekkan nafaqat trebl uchun qadam, yoki aksinchasi ham bo‘lishi mumkin. Ya’ni ikki klub uchun ham mavsumdagi yagona sovrin uchun kurashni ham ko‘rishimiz mumkin. 

Premyer-liga 

 Siti uchun nisbatan turnirlar ichida qo‘lga kiritilishi osonroq bo‘lgan musobaqa. Chunki chempionlik o‘z qo‘lida va ularning imkoniyati hammanikidan yoqori baholanmoqda. Klub "Arsenal" bilan o‘yinda ochko qo‘lga kiritishi va raqibidan nisbatan osonroq bo‘lgan taqvimda maksimal ochko jamg‘arishi shart. Bunday turnirlar uchun Gvardiola ideal murabbiy va tarkib jihatdan ham "shaharliklar" istaganicha rotasiya qila oladigan kuchga ega. Muhimi jamoada Xoland bor. Ushbu musobaqa Siti uchun qo‘lga kiritiladigan birinchi kubok bo‘lishi mumkin. Shuningdek, jamoada motivasiya uchun yana bir sabab bo‘luvchi narsa bor - Chempionlar ligasi yarim finalidagi mag‘lubiyat. Agar bu voqea sodir bo‘lsa, Siti bor kuchini premyer ligaga qaratishi aniq. Lekin hali bu haqida fikr yuritishga erta. 

Chempionlar ligasi 

"Manchester Siti" uchun orzu bo‘lib qolayotgan kubok. 3 mavsumdan beri jamoa bu kubokni qo‘lga kiritish uchun juda yaqin keldi. Bir marta finalda mag‘lubiyat ikkinchisi deyarli finalga chiqqan paytidagi kambek qurboni bo‘lishi va bu mavsum. O‘tgan mavsumda "Real" kambek evaziga "shaharliklar"ni taslim etgan edi. Bu mavsum ham yarim finalda ushbu bahs guvohi bo‘lamiz. Bu o‘yin Siti uchun mavsumdagi eng muhim va qiyin bahs bo‘lishi kutilmoqda. Maqola yozilayotgan payti "Real" "Jirona"ga 4-1 hisobida mag‘lub bo‘lmoqda, ammo bu La liga. "Real" chempionlar ligasida boshqacha o‘yin ko‘rsatishini Gvardiola bizdan ham yaxshi biladi. Ushbu bahs finalga teng. Agar "Siti" g‘alaba qozonsa, Final oldidan ularda 2ta kubok bo‘lishi va trebl uchun bir qadam qolishi mumkin. Yoki aksincha. 

Mirjalol Pardaboyov maqolasi  

Manba: www.stadion.uz.

 Сизнингча, "Манчестер Сити" треблга эриша оладими?

Kiritildi: 00:03, 26.04.2023.
O'qildi: 2299 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.