Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Kuchli to‘rtlik uchun kurash avjida: "qizil iblislar" yaralangan "shporlar" bilan to‘qnash keladi. "Tottenxem" – "MYU" (prevyu)

Kuchli to‘rtlik uchun kurash avjida: "qizil iblislar" yaralangan "shporlar" bilan to‘qnash keladi. "Tottenxem" – "MYU" (prevyu)

Baho:
+ | -

"Tottenxem" payshanba kungi "Manchester Yunayted" bilan bo‘ladigan kurash, jamoaning chuqur inqiroz davrini tugatadi deb umiq qilmoqda. O‘tgan yakshanba kuni "shporlar" "Nyukasl" maydonidan yirik mag‘lubiyat bilan qaytgan edi. 6-1 hisobi, "Tottenxem"da murabbiy almashinuviga sababchi bo‘ldi. O‘zi vaqtinchalik maqomida bo‘lgan Kristian Stellini jamoani tark etib, uning o‘rnini mavsum oxiriga qadar Rayan Meyson egalladi. Joriy hafta London jamoasi uchun o‘ta muhim bo‘lishi aytilgandi. Negaki, "Manchester Yunayted" va "Liverpul" bilan to‘qnashuvlar aynan bu haftada bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, bu ikki bahs klubning YECHLga chiqish yoki chiqa olmaslik masalasini ham hal qiladi. Ayni damda shimoliy londonliklar turnir jadvalining 7 o‘rinidan joy olib turibdi.
Jamoaga raqib  bo‘ladigan "MYU"da esa hammasi joyida. "Qizil iblislar" Angliya kubogining finaliga yo‘l oldi.

Quyida "Tottenxem" va "MYU" uchrashuviga aloqador eng muhim ma’lumotlar taqdim etiladi.

Bahs qayerda o‘tkaziladi?

Joy: Angliya, London
O‘yingoh: "Tottenham Hotspur Stadium"
Vaqt: 27 aprel, payshanba
Start: 20:15 mahalliy vaqt bilan, 00:15 Toshkent vaqti bilan
Bosh hakam: Entoni Teylor
VAR: Saymon Xuper

O‘zaro o‘yinlardagi so‘nggi 5 ta natija:
"Tottenxem"da 1 ta g‘alaba
"MYU"da 4 ta g‘alaba
Durang: 0 ta.

Jamoalar sport formalari (so‘nggi beshta):
"Tottenxem": 2 ta durang, 1 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat
"MYU": 3 ta g‘alaba, 1 ta ma’lubiyat  1 ta durang

"Tottenxem" haqida

Oxirgi bir necha kun jamoa uchun o‘ta yomon ravishda o‘tdi. Yangi murabbiy Meyson, bir nechta o‘zgarishlarni amalga oshirsa kerak. Bu narsa ertaga aniq bo‘ladi. "Shporlar" muhim bahsda Emerson Royal, Rayan Sessenyon, Iv Bissuma, Rodrigo Bentankur va Ugo Lyoris kabi muhim o‘yinchilaridan foydalana olmaydi. Hujumchi Lukas Moura esa uchta o‘yinlik disfalifikasiyasini o‘tab bo‘ldi. U o‘yinga tayyor bo‘ladi.

Jamoaning taxminiy tarkibi:
Darvozada: Forster;
Himoyada: Tanganga, Romero, Dayer, Devis;
Yarim himoyada Skipp, Pap Sarr, Xyoybyerg;
Hujumda: Kulusevski, Son va Keyn.

"Manchester Yunayted" haqida

Kichik muammo sabab bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgan Skott Maktominey, yana safga qaytishi kutilmoqda. Himoyachi Rafael Varan bir necha hafta jamoaga yordam bera olmaydi. Muhim figura bo‘lmish Brunu Fernandesh esa o‘yindan oldin qayta ko‘rikdan o‘tishi lozim. U "Brayton" bilan to‘qnashuvda to‘pig‘idan jarohat olgan edi. Hujum uchun Alxendro Garnacho lazaryatda qolmoqda. Lisandro Martines va Donni van de Beklar mavsumni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgan. Shunday vaziyatda jamoa sardori Xarri Maguayr yordam uchun yana tayyor bo‘ladi. U ham disfalifikasiyada edi.

Jamoaning taxminiy tarkibi:
Darvozada: De Xea;
Himoyada: Uan-Bissaka, Lindelyof, Shou, Dalot;
Tayanchda: Eriksen, Kazemiro;
Yarim himoyada: Antoni, Vegxorst  Reshford;
Hujumda: Marsyal.

Bu juftlikdagi hisobni taxmin qilish qiyin, albatta. Ammo mezbonlarga g‘alaba havo va suv kabi zarur bo‘ladi. Agarda "shporlar" mag‘lubiyatga uchrasa, u holda YECHL yo‘llanmasi masalasi o‘ta qiyin bo‘lib qoladi. "MYU" esa g‘alaba orqali yana uchinchi o‘ringa qaytib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘yin payshanbadan jumaga o‘tar kechasi, soat 00:15 da start oladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 08:18, 26.04.2023.
O'qildi: 4052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.