Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 05:00 Argentina - Kanada

Xoland tug‘ilganidan beri APLda eng yaxshi natija qayd etgan 10 hujumchi

Xoland tug‘ilganidan beri APLda eng yaxshi natija qayd etgan 10 hujumchi

Baho:
+ | -

Ko‘pchilik futboldagi eng murakkab ish bu gol urish deb hisoblaydi. Ammo bu ishni APLda bajarish, yanada qiyinroqdir. Ayniqsa, gol urish masalasi hujumchilarga eng zaruri. Yaxshi futbolchilar keladi va ketadi. Ammo ularning futbol uchun qoldirgan meroslari doimo yashaydi va eslanadi. Ayni damda APLda Xoland deb atalmish "maxluq" rekordlarni buzib, katta natijalarga erishmoqda. Quyida u tug‘ilgan, 2000 yildan beri bir o‘yinda o‘rtacha gol urish borasida eng yaxshi natijaga ega hujumchilar keltiriladi. Hozirdan yetakchini taxmin qilib ko‘rishingiz mumkin.

10. Diyego Kosta

O‘yinlar: 104 ta
Gollar: 52 ta
Bir o‘yinda o‘rtacha gol urish (BO‘G): 0.50 ta

To‘g‘ri, ispaniyalik hujumchining "Vulverxempton"dagi davri unutilib ketishi mumkindir. Ammo Kosta kabi hujumchilar gol uchun hamma narsaga tayyor bo‘ladi. "Chelsi"da u buni isbotlay olgan.

9. Robin van Persi

O‘yinlar: 280 ta
Gollar: 144 ta
BO‘G: 0.51 ta

Van Persi o‘zini APL tarixida qoldirish uchun "Arsenal"ni tark etadi. "MYU" bilan hujumchi chempionlikka erishgandi. Niderlandiyalikning yuqori darajasi 2000 yillarda hammani qoyil qoldirgan. Bu jarayon hali ham davom etmoqda.

8. Zlatan Ibragimovich

O‘yinlar: 33 ta
Gollar: 17 ta
BO‘G: 0.52 ta

APLda faqatgina bir mavsum harakat qilganiga qaramay, Ibragimovich dunyoning eng yaxshi hujumchisi sifatida munosib natijaga erishadi. Shvesiyalik futbolchi 2016-17 yilgi mavsum davomida 17 ta golga mualliflik qilib, "MYU"ga katta yordam bergan.

7. Muhammad Saloh

O‘yinlar: 224 ta
Gollar: 136 ta
BO‘G: 0.61 ta

"Chelsi"da o‘z baxtini topa olmagan futbolchi, Angliyani tark etadi. Qaytish esa katta shov-shuv edi. Saloh "Liverpul"da afsonaga aylanib ulgurdi. U nafaqat klubning, balki APLning ramzidir. Misrlik hujumchi yaxshi bo‘lmagan hozirgi davrida ham istalgan jamoa uchun bosh og‘rig‘i bӯlmoqda.

6. Luis Suares

O‘yinlar: 110 ta
Gollar: 69 ta
BO‘G: 0.63 ta

Afsuski, Suaresdek darajaga ega futbolchi, maydonda yaxshi xulqqa ega emas. Bu odamni xafa qiladi. Ammo bu futbolchining natijalariga soya solmaydi. Niderlandiya chempionatidan kelib, APLni yondirish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Urugvaylik hujumchi "Liverpul"dan keyin "Barselona"da o‘z ishini davom ettirdi.

5. Rud van Nistelroy

O‘yinlar: 150 ta
Gollar: 95 ta
BO‘G: 0.63 ta

Erling Xolanddan oldin Rud chempionatning o‘ta "shavfqatsiz" hujumchisi edi. Niderlandiyalik futbolchi o‘zining texnikasi va barqarorligi bilan hammaning ko‘ngliga qo‘rqinch solardi. Afsuski, shunday o‘yinchi "MYU"ni faqat bitta APL tituli bilan tark etgan.

4. Xarri Keyn

O‘yinlar: 314 ta

Gollar: 207 ta

BO‘G: 0.66 ta

Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanib olgach, Keyn endi APLning Alan Shirer (260) tomonidan o‘rnatilgan rekordini yangilashga harakat qilmoqda. Afsuski, Keyn jamoasi titul yuta olmayapti. Agarda u "Tottenxem"dan ketsa, haqiqiy afsonaga aylanishi mumkin.

3. Serxio Aguero

O‘yinlar: 275 ta
Gollar: 184 ta
BO‘G: 0.67 ta

APL davridagi eng esda qolarli gollar muallifiga aylangan futbolchi, o‘z davrining eng zo‘ri edi. Aguero raqib darvozasiga o‘ngdan, chapdan yoki markazdan, hattoki masofadan ham xavf solgan. Argentinalik uchun hammasi oson bӯlgan.

2. Tyerri Anri

O‘yinlar: 259 ta
Gollar: 175 ta
BO‘G: 0.68 ta

Tyerri Anrining APLda nimalar qilganini ta’riflashga til ojiz. Hujumchi o‘z davrida maydonlarni yondirar edi. U ham Aguero kabi texnika, benuqson aniqligi bilan ajralib turgan. Biz Anri kabi futbolchini boshqa ko‘rmadik. Ko‘rmasak ham kerak.

1. Erling Xoland

Gollar: 28 ta
Gollar: 32 ta
BO‘G: 1.14 ta

Yo‘q, xato qilmadik. Yaxshilab o‘qing! O‘zining APLdagi birinchi mavsumida 22 yoshli futbolchi ko‘plab rekordlarni yangilashga ulgurdi. Aqlbovar qilas futbolchilar haqida gaplashganimizda, Xoland oldingi o‘rinlarda turadi va bu tabiiydir. Norvegiyalik hujumchining oldida hali uzoq yo‘l bor. "Maxluq" faoliyati davomida bundan ham katta yutuqlarga erisha oladi. Bunga shubha yo‘q.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 09:49, 26.04.2023.
O'qildi: 1572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.