Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Eduardo: «Hozirgi «Arsenal» Venger jamoasini eslatmoqda...»

Eduardo: «Hozirgi «Arsenal» Venger jamoasini eslatmoqda...»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi APL 32-turida ligadan tushib ketishga asosiy «da’vogar»lardan biri «Sautgempton»ni qabul qilib, mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qutulib qoldi - 3:3.

Eh, bundan bir oycha oldin ham ko‘pchilikda Mikel Arteta shakllantirgan quvnoq jamoaning chempionlikni tantana qilishiga shubha yo‘q edi. Biroq bugun APL turnir jadvalida «kanonirlar» holati o‘ta ishonchli emas. Har holda, yo‘qotilgan ochkolar sonini nazarda tutsak, chempionlikka «Manchester Siti» yaqinroq «oltin»ni rosa sog‘ingan London klubiga nisbatan. Asosiysi, oxirgi o‘yinlarda kuzatilgan duranglarga qaramay, ko‘pchilik hozirgi «Arsenal»ga yaxshi baho bermoqda. Mana, jumladan, jamoaning Xorvatiya/braziliyalik sobiq hujumchisi Eduardo The Athletic nashriga bergan intervyusida Arteta yaratgan «Arsenal» buyuk Arsen Venger davrini eslatib yuborayotganini yashirmadi.

- Birinchi navbatda, bugungi «Arsenal»ning qaysi o‘ziga xos xususiyatini e’tirof eta olasiz?

Klub orada ma’lum vaqt superyulduzlar bilan shartnoma tuzish yo‘lidan yurdi, ammo natija chiqmadi. Chunki «Arsenal» tayyor futbolchilar uchun yaratilgan klub emas. Jamoaviy uyg‘unlik oldingi «Arsenal» uchun eng muhim jihat edi. Menimcha, bugun ayni o‘sha sifatlar qayta ko‘zga tashlanmoqda. Bilasiz, oxirgi top-yulduz Pyer-Emerik Obameyang ming urinsa-urinmasada, «kanonirlar»ga talab darajasida yordam berolmadi. Gap shundaki, jamoa hech qachon bir yoki ikki futbolchining individual salohiyatiga tayangan emas. Tarkibdagi har bir futbolchi gol urish asnosida o‘yin borishini o‘zgartirib yuborishi kerak, hattoki, himoyachilardan ham hujumda faollik kutiladi. Shaxsiy fikrimcha, Mikel Arteta klub an’analarini inobatga olib, futbolchilar bilan yakka tartib emas, umumiy holatda ishlashni yo‘lga qo‘ydi. Chunonchi, u «Arsenal» o‘zagidan yaxshi xabardor. Muhimi, Mikelning sa’y-harakatlari samarasiz ketmadi. Bugungi «Arsenal»   mashaqqatli mehnat va kiyinish xonasida hamjihatlik - birlik ta’minlangani natijasidir.

- Demoqchisizki, oldingi mavsumlar jamoada ichki muhit yaxshi emasligi pand bergan, shundaymi?

- Yo‘q, avvalgi mavsum haqida so‘z ochmadim, shunchaki, hozir kiyinish xonasida birdamlik borligini ta’kidlayapman. Oddiy misol, Gabriel Jezus APLda beqiyos tajriba to‘plagan ajoyib futbolchi. Uning jarohatdan keyin safga qaytgani jamoaga sezilarli turtki berishi kerak. Lekin boshlang‘ich tarkibdan kimlarning joy olishlari muhim emas. Asosiysi, barcha yigitlar jamoa uchun jon kuydirishyapti - yetakchilar ham, zaxirachilar ham. Shundoq ko‘rinib turibdi, Arteta futbol mentaliteti va shaxsiy qarashlarini yigitlarga to‘g‘ri yetkaza olgan, ular esa barchasini yaxshi qabul qilishgan. Qisqasi, chetdan qaraganda, jamoada sog‘lom muhit yuzaga kelgani sezilmoqda. Aytishim shart emas, muhit chempionlikni ko‘zlagan har qanday jamoada hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ha, Arteta kiyinish xonasini butunlay mahv etgan ko‘rinadi. Har holda, bemalol taxmin qilish mumkinki, yigitlar murabbiyga hurmat bilan qarashmoqda.

- Qiziq, Arteta va Venger jamoalari o‘rtasida qanday o‘xshashliklar ko‘zga tashlanmoqda?

- Bugungi «Arsenal» o‘yin chizmasi va ishga umumiy yondashuv bo‘yicha hammasidan ham Vengerning 2007/2008 yillar mavsumidagi jamoasiga yaqinroq. O‘shanda ham jamoamiz chiroyli futbolga tayangandi. Butun dunyoda bejiz «Arsenal» xuddi «Barselona» qatori eng jozibali futbol namoyish qilganini e’tirof etishmagan. Mana, bugungi jamoaga ham xuddi shunday baho berilmoqda. Tan olish kerak, zamonaviy futbolda chiroyli o‘yinga muntazam tayanish oson emas. Muhimi, «kanonirlar» bu ishni juda yaxshi uddalash­yapti. «Arsenalchilar»ga xitobim bitta - yo‘ldan chekinmang, o‘z ishingizni dadil bajarishda davom eting va kubokni uyga qaytaring! Jamoa bunga loyiq, biz va sizlar ham.

- O‘g‘lingizni kelajakda «kanonirlar» safida ko‘ramizmi?

- U hozircha o‘ta ashaddiy fanat. Vaqtida «Arsenal»da o‘ynaganim uchunmi, jamoaga muxlislik qilishda aqldan ozadi go‘yo. Yana kun kelib, «kanonirlar» libosini kiyishi haqida va’da bermoqda. Jamoa yutqazganda, ho‘ngrab yig‘laydi. Deylik, o‘tgan mavsum «shporlar»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat ortidan CHL hududiga kirolmaganida, qattiq azoblandi. O‘g‘lim ayni payt har bir o‘yinni kuzatmoqda, kolleksiyasida klubning ko‘plab yulduzlari futbolkalari bor. Ayniqsa, Edegorni yaxshi ko‘radi. Kelajagiga kelsak, kun kelib «Arsenal» futbolchisiga aylanishi va o‘z orzusini amalga oshirishidan umidvorman, albatta.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:16, 26.04.2023.
O'qildi: 1290 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.