Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Sport arbitraj sudi “Bunyodkor” Javlon Ibrohimov oldida qarzdor ekanligini tasdiqladi

Sport arbitraj sudi “Bunyodkor” Javlon Ibrohimov oldida qarzdor ekanligini tasdiqladi

Baho:
+ | -

2020 yilning 3 dekabr kuni futbolchi Javlon Ibrohimov O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasiga “Bunyodkor” futbol klubi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bo‘yicha arz kiritgandi. Unda klub futbolchi oldidagi moliyaviy majburiyatini to‘liq bajarmagani da’vo qilingan.

Ishni o‘rganib chiqqan qo‘mita yakunda klub futbolchi oldidagi qarzini to‘lab berishi lozimligi yuzasidan qaror chiqardi. Biroq “Bunyodkor” futbol klubi ushbu qarordan norozi bo‘lib, O‘FA Apellyasiya qo‘mitasiga shikoyat kiritgandi. 2021 yilning 25 may kuni Apellyasiya qo‘mitasi ham futbolchini haq deb hisoblab, qarorni o‘zi kuchida qoldirdi.

Har ikki ishni boy bergan “Bunyodkor” futbol klubi 2021 yilning 14 iyun sanasida CAS — Xalqaro sport arbitraj sudiga murojaat qildi. Joriy yilning 25 aprel kuni ishni uzoq muddat davomida ko‘rib chiqqan CAS O‘FA Apellyasiya qo‘mitasining 2021 yil 25 maydagi qarorini o‘z kuchida qoldirish yuzasidan qaror chiqardi.

Endilikda “Bunyodkor” sobiq futbolchisi Javlon Ibrohimov oldidagi qarzlarini to‘lab berishi kerak bo‘ladi. Qo‘shimchasiga, “Bunyodkor” uzoq davom etgan jarayon uchun sud harajatlarini ham to‘liq qoplashi talab etiladi. Qayd etish kerak, sud harajatlari Javlon Ibrohimov avvalboshidan to‘lanishi lozim bo‘lgan summadan kam hisoblanmaydi.

Kiritildi: 13:32, 27.04.2023.
O'qildi: 2542 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик