Kelayotgan yozda bizni juda ko‘plab transferlar kutib turgan bo‘lishi mumkin. Ulardan ba’zilari kutilgan va ba’zilari kutilmagan bo‘lishi aniq. Hozir esa, quyida sizlarga "Manchester Siti"ni kelayotgan transfer oynasida tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bilan tanishtiramiz.
Aymerik Lyaport (Fransiya, himoyachi, 28 yosh)
Lyaportning jamoani (ehtimol, "Barsa"ga) o‘zgartirmoqchi bo‘lishining asosiy sababi - o‘yin vaqtining kamligi. Klub rahbariyati esa Yoshko Gvardiol bilan shartnoma imzolashga umid qilib, Aymerikning ketishiga halaqit bermasligi kutilmoqda. Ko‘ramiz, futbolchi yozda katta e’timol bilan Ispaniyaga qaytsa ajab emas.
Ilkay Gyundogan (Germaniya, yarim himoyachi, 32 yosh)
Gyundogan allaqachon “Manchester Siti” ketish arafasida turibdi. Ilkay "Barselona" bilan shartnoma imzolash niyatida. Va uning agenti bu ma’lumotni inkor etsada, manbalar yarim himoyachi keyingi ikki mavsumni Ispaniyada o‘tkazishiga ishonch bildirmoqda. Muammo shundaki, moliyaviy cheklovlar davrida ispan grandi futbolchini jamoaga qo‘shib olishni uddalaydimi? Gavi va Pedrining rotasiya qilinishi Gyundogan kelgandan so‘ng hal qilinadigan muammo.
Bernardu Silva (Portugaliya, yarim himoyachi, 28 yosh)
Portugaliyalik futbolchi ikkinchi yildirki, Angliyani tark etmoqchi. Mart oyida u 65 million yevro evaziga "Barsa"ga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, biroq bu summa "emiratlar" uchun kamlik qilgandi. Yozda esa "Barselona" deyarli hech qancha pul sarflamay havbekni o‘z jamoasiga qo‘shib olishi mumkin. Cababi futbolchi jamoadan ketishga "qattiq bel bog‘lagan". Bernarduning "shaharliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha amal qiladi.
Kelvin Fillips (Angliya, yarim himoyachi, 27 yosh)
Fillips jamoani tark etishi deyarli aniq va uning kelajagi so‘roq ostida. Aytgancha, Premyer-liganing uchta jamoasi Kelvinni yozda transfer maqsadi sifatida ko‘rmoqda - "Nyukasl", "Lids" va "Vest Xem". "Liverpul" ham yarim himoyachigi qiziqish bildirayotgani haqidagi habarlar esa feyk bo‘lib chiqdi.
Joau Kanselu (Portugaliya, himoyachi, 28 yosh)
"Bavariya" ijara asosida o‘ynayotgan Kanseluni sotib olmoqchi emas, ammo futbolchiga "Barselona" qiziqmoqda. Ayni paytda Xosep Gvardiola Joauni "Man Siti" futbolchisi sifatida ko‘rsatdi. Ammo bir necha oy oldingi kelishmovchilik sabab Gvardiola futbolchini jamoada qolishini istamasa kerak. O‘z vaqtida Kanseluning ham Pep bilan kelishib ketishi qiyin. Demak "Man Siti" futbolchini arzimagan pulga ham sotib yuborish ehtimoli mavjud.