Kirish Ro'yxatdan o'tish

Feliksning tanlovi ma’lum bo‘ldi

Feliksning tanlovi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ayni damda Londonning “Chelsi” klubida ijarada o‘ynayotgan “Atletiko Madrid” hujumchisi Joau Feliks joriy mavsum oxirida ispan klubiga qaytmaydi. Bu haqda Sun Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli portugaliyalik futbolchi "Chelsi"dagi ijara muddatini uzaytirmoqchi.

Oldinroq "ko‘klar"ning yangi ehtimoliy bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klub rahbariyatidan Feliksni doimiy ravishda jamoada olib qolishni so‘ragani xabar qilingandi.

Feliks joriy mavsum “Chelsi” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi. Transfermarkt Portugaliya terma jamoasi futbolchisini 50 million yevroga baholamoqda.

APLning 32-turidan so‘ng londonliklar 39 ochko bilan turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 18:41, 28.04.2023.
O'qildi: 2257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик