Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche - Lasio
22/12 01:00 Barselona - Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol

Anshlagga yo‘g‘rilgan «chaqaloq» turnir

Anshlagga yo‘g‘rilgan «chaqaloq» turnir

Baho:
+ | -

Futbol xaritasidan yaqindagina joy olgan Medialiga (ispancha «Kingz liga») turniri birdan ommaviylashdi:

«Barselona»ning sobiq himoyachisi Jerar Pike tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan va shu yilning 1 yanvarida rasman faoliyat boshlagan musobaqada 26 mart kuni «To‘rtlik finali» o‘tkazildi. Diqqat qiling, Medialiga hal qiluvchi o‘yiniga oz emas, ko‘p emas, naq 92522 muxlis tashrif buyurdi. «Kingz liga» prezidenti Pikening o‘zi esa muhtasham «Kamp Nou»ga vertolyotda uchib keldi. Umuman, 99354 sig‘imli ulkan arenaning liq to‘lishiga ozgina qoldi. Bu - Medialiga!

Avvalo, ma’lumot uchun aytish kerak, turnirda ishtirokchi jamoalar o‘lchami qisqartirilgan maydonda kuch sinashdi. Ya’ni 7x7 shaklidagi futbol o‘yini uchun «Kamp Nou»da o‘lchami 50X30 metr bo‘lgan maydoncha tayyorlandi. Darvozalar kengligi 6, balandligi esa 2 metrga teng. Shuningdek, penalti darvozadan 11 emas, 9 metr uzoqlikdan tepiladi. Endi final o‘yinidagi eng yoqimli lavha haqida: muxlislar har bir golni jo‘r ovozda SIUUU hayqirig‘i bilan nishonlashdi. Stadion to‘la muxlis - bu Ispaniya Medialigasining qisqa faoliyatidagi yagona yuqori ko‘rsatkich emas. Relevo nashri tomonidan yanvar oyining dastlabki kunlari berilgan ma’lumotga qarasak, «chaqaloq» musobaqa o‘yinlarini o‘rtacha hisobda 450000 muxlis onlayn tarzda tomosha qilgan. Eng yuqori natija esa «Porsinyos» (bu klub tarkibida Ronaldinyo, Raul Tamudo va Chicharito kabi mashhurlar to‘p surishdi) va «Sayans» (Joan Kapdevilaning jamoasi) o‘rtasidagi uchrashuvda qayd etildi - 780000 muxlis. Shuningdek, «Barselona» - «Espanyol» (610000) va «Valya­dolid» - «Real» (548000) qarama-qarshiliklarida Medialigadagi o‘rtacha ko‘rsatkich (450000)dan yuqoriroq natija qayd etildi. Misol uchun, «Atletiko» - «Elche» o‘yiniga 338000, «Vilyarreal» - «Valensiya» to‘qnashuviga esa 311000 muxlis guvoh bo‘ldi. Juda ta’sirchan ko‘rsatkichlar, to‘g‘rimi?

Xo‘sh, Medialiga qanday loyiha? Shu haqda qisqacha to‘xtalib o‘tish joiz. Pike turnirida futbol yulduzlari, bloger va jurnalistlardan tuzilgan 12ta jamoa ishtirok etdi. Ularni Iker Kasilyas, Serxio Aguero, Jerar Romero (ispaniyalik bloger-jurnalist) kabi ijtimoiy tarmoqlarda katta obunachilar guruhiga ega mashhur shaxslar boshqarishdi. O‘yinchilar o‘tgan yilning 27 dekabr kuni draft (o‘ziga xos tanlov jarayoni) yordamida taqsimlanishdi. Har bir jamoada 12 nafar futbolchi bo‘lsa, ulardan 10 nafari draft jarayoni orqali olinadi. 11-futbolchini klub prezidenti taklif etsa, 12-o‘yinchi muntazam ravishda almashib turadi. Dastlabki uchrashuvlar Barselonada, 7x7 formatiga mo‘ljallangan sun’iy qoplamali yopiq pavilyonda yakshanba kunlari tashkil etildi. Guruh bosqichi ortidan «pley-off» bahslariga murojaat qilindi. O‘yinlar vaqti ham ancha qisqa - 20 daqiqalik ikki bo‘lim. Agar asosiy vaqtda kuchli tomon aniqlanmasa, darhol penaltilar seriyasiga navbat beriladi.

Ilk turnir yulduzlar bilan ham e’tiborga tushdi. Deylik, Iker Kasilyas va Serxio Aguero Medialiga targ‘ibotiga katta ulush qo‘shishdi. Sobiq kiper ham, hujumchi ham klub prezidenti maqomida qatnashdi: Ka­silyas «1K» klubiga rahbarlik qilgan bo‘lsa, Aguero Kunisports jamoasini nazorat ostiga oldi. Yevro-2008 va JCH-2010 turnirlari g‘olibi Joan Kapdevila esa «Sayans» tarkibida to‘p surdi, «Espanyol» afsonasi Raul Tamudo «Porsinyos» libosini kiydi. Shuningdek, mashhur Ronaldinyo va meksikalik Xavyer Ernandes (Chicharito) Tamudo jamoadoshlari sifatida ko‘rinish berishdi. Aytish kerak, faoliyatini «Los-Anjeles Geleksi»da davom ettirayotgan Chicharito turnirga MLSdagi qishki tanaffus vaqti tashrif buyurdi. Tashkilotchilar navbatdagi musobaqaga Ispaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Fernando Lyorenteni ham jalb etish niyatidalar. Biroq uning qaysi klubni tanlashi hozircha ma’lum emas. 

Umuman, loyiha asta-sekin takomillashtirilmoqda. Jerar Pike 19 mart kuni «Kings liga» 2024 yili Lotin Amerikasida mehmon bo‘lishini e’lon qildi. «Agar barchasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, Medialiga faoliyati davom etadi. Hamma gap shundaki, loyiha hozircha faqat Ispaniyada mashhur, boshqa hududlarda turnir haqida bilishmaydi, hisob. Ligani qay tariqa kengaytirib borish, qaysi mamlakatlarga safar uyushtirish xususida puxta o‘ylab ko‘rish lozim. Deylik, keyingi yili sport, shou va ommaviy o‘yin-kulgini o‘ziga jamlagan loyihamizni namoyish etish maqsadida Lotin Amerikasiga safar uyushtiramiz», -  dedi Pike El Pais nashriga bergan intervyusida. Ayni chog‘da Braziliya safari masalasida muzokara jarayoni ketmoqda. Qolaversa, u yerda tuziladigan mediaklublarga Ronaldinyo va Neymar kabi katta yulduzlarni jalb etish rejalashtirilmoqda. Qisqasi, Pike loyihasi futbol hayotidan ortda qolmoqchi emas.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:15, 29.04.2023.
O'qildi: 1456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.