Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Barchasi Bellingemning "Real"ga transferi haqida

Barchasi Bellingemning "Real"ga transferi haqida

Baho:
+ | -

"Real Madrid" Chempionlar ligasi finalidan so‘ng Jud Bellingem bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilmoqchi.

Cadena SER xabariga ko‘ra, yanvar oyidan beri "Real Madrid" futbolchiga yaqin odamlar bilan o‘ndan ortiq marta muloqot qilgan. "Borussiya" bu aloqalardan xabardor. Madridliklar Bellingem atrofidagilarga klub loyihasini taqdim etdi va shartnomaning mumkin bo‘lgan shartlari haqida gapirdi. Bundan tashqari, Jud atrofidagilar Valdebebasdagi "Real Madrid" bazasiga tashrif buyurishdi va Madrid vakillari bilan tushlik qilishdi.

"Real Madrid" may oyida Bellingem bilan shartnomani yopmoqchi, biroq futbolchi transferini jamoa o‘ynashi mumkin bo‘lgan Chempionlar ligasi finaligacha e’lon qilmaydi. Shu tariqa, madridliklar turnir finaliga chiqqan taqdirda, transfer iyun oyi o‘rtalariga yaqinroq e’lon qilinadi.

Bellingemga uzoq muddatli - 5-6 yil muddatga shartnoma taklif qilishmoqda. U jamoadagi eng katta maoshlardan biriga ega bo‘ladi, bu Tibo Kurtua va Vinisius Juniornikidan biroz pastroq.

Bellingem uchun kurashda "Real"dan tashqari faqat "Manchester Siti" qolgan. U bilan nafaqat klub vakillari, balki Pep Gvardiola ham gaplashgan.

Hozirda hammasi Bellingemning qo‘lida, "Borussiya" uni yana bir yil saqlab qolishga harakat qilmoqda. Aprel oyida u yana Dortmund vakillari bilan yangi shartnoma borasida uchrashishdan bosh tortdi.

Oldinroq Jud "Real"ga o‘tishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi madridliklar "Borussiya" bilan muzokaralarni boshlaydi - 120 million yevrodan ortiq pul berilmaydi.

Joriy mavsumda 19 yoshli yarim himoyachi klub safida 39 o‘yinda maydonga tushib, 11 gol va 6 golga assistentlik qilgan.

Kiritildi: 17:32, 29.04.2023.
O'qildi: 4539 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик