Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

APL. Mavsumning eng yaxshi hujumchilari (top-10)

APL. Mavsumning eng yaxshi hujumchilari (top-10)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi o‘z yakuniga yetar ekan, undagi ayrim futbolchilar o‘z faoliyatining cho‘qqisiga chiqa olishdi. Tabiiyki, ular boshqalardan ancha ajralib turishibdi. Gollar o‘yinlar taqdirini hal qiladi. Ularni esa hujumchilar yaratadi. Shunday ekan, maydonda ularning o‘rni beqiyosdir. Quyida nafaqat gol urishda, balki jamoadagi ta’siri borasida o‘ta kuchli bo‘lgan APL hujumchilari sanab o‘tiladi.

1. Kallum Uilson ("Nyukasl")

Uilson ayni paytda "Nyukasl"ning eng mahsuldor vakili bo‘lib turibdi. Umuman, jamoaning YECHL uchun kurashi qizg‘in va ijobiy kechmoqda. Aytish mumkinki, hozir Angliyadagi hech bir jamoada Eddi Xaudagidek ikkita sifatli hujum vakili mavjud emas – Kallum Uilson va Aleksander Isak. Angliyalik futbolchi agarda sport formasida bo‘lsa, nimalarga qodir ekanini ko‘rsatib qo‘ydi.

9. Ayvan Tauni ("Brentford")

Agarda penaltidan yaxshi tepadigan futbolchi kerak bo‘lsa, Ayvan Tauni yordamga tayyor bo‘ladi. Hali hech bir o‘n bir metrlikni ingliz hujumchisi xato ijro etmagan edi. Bu mavsumda Angliya terma jamoasi a’zosi 18 ta golga mualliflik qildi. Bu esa uning darajasidan dalolat beradi.

8. Muhammad Saloh ("Liverpul")

"Liverpul" joriy mavsumda o‘zidan kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmayapti. Shunga yarasha, Muhammad Salohning ham ishlari yaxshi emas. Shunga qaramay, misrlik hujumchi eng yomon mavsumlaridan birini ham 20 tadan ortiq gol bilan tugatishi mumkin. Afsuski, uning jamoasi YECHLda ishtirok eta olmasligi mumkin.

7. Jek Grilish ("Manchester Siti")

APLda Jek Grilishdan ko‘ra yaxshiroq sport formasiga ega bo‘lgan futbolchini ayni damda topishingiz amri maholdir. Gvardiolaga barqaror hujum vakili kerak edi. Grilish esa buni bajardi. U Fil Fodenning yo‘qligini bildirmayotir.

6. Bukayo Saka ("Arsenal")

Bukayo Saka "Arsenal"ning chempionlik kurashida bugungi kunga qadar muhim rol o‘ynab keldi. Uning qobiliyatiga shubha qilganlar, xato qilganini tan olgan edi. Jahon chempionatida ham porlay olgan hujumchi, so‘nggi haftalarda jamoasiga yordam bera olmayapti.

5. Olli Uotkins ("Aston Villa")

Uotkins raqib darvozasi oldida o‘ta sovuqqon harakat qilishi bilan ajralib turadi. "Aston Villa" uning gollari bilan muhim ochkolarni qo‘lga kirita boshladi. Unai Emeri shu sababdan 27 yoshli futbolchiga yangi bitim taklif etdi.

4. Aleksander Isak ("Nyukasl")

YECHL kurashi avjida bo‘lib turgan bir paytda, Isak urgan gollar jamoaga anchayin yordam bermoqda. Shvesiya terma jamoasi a’zosi ko‘plab o‘yinlarni jarohat sababli o‘tkazib yuborgach, gollar borasida ikki xonali raqamga yaqin kelib oldi. Ajoyib natija!

3. Markus Reshford ("MYU")

Markus Reshford ko‘pchilik tomonidan JCHdan keyingi eng yorqin futbolchi sifatida e’tirof etilgan edi. Ammo oradagi ikki golsiz hafta, uni ro‘yxatning boshidan tushirib qo‘ydi. Shunda ham "qizil iblislar" vakili "shporlar" darvozasini ishg‘ol etib, jadvaldagi mavqeyini tiklab oldi.

2. Xarri Keyn ("Tottenxem")

Hozirda "Tottenxem" tarixidagi eng yaxshi futbolchi bu Keyndir. U APLda 200 tadan ortiq gol urgan uchinchi hujumchiga aylangan edi. Ingliz yulduzi "Tottenxem" uchun o‘ta kuchlilik qiladi. Uni yozda boshqa, titul yutadigan jamoalar kutmoqda.

1. Erling Xoland ("Manchester Siti")

Xoland ro‘yxatdagi yetakchilikni uzoq vaqtdan beri o‘ziniki qilib kelmoqda. Hozirgacha 33 ta liga golini urishga erishgan futbolchi, hecham to‘xtash niyatida emasligini ko‘rsatib qo‘ya oldi. Norvegiyalik allaqachon rekord buzuvchi shaxsga aylandi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 18:00, 29.04.2023.
O'qildi: 2236 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.