"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola o‘z karerasi haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Men futbol olamida omadli va sharafliman. Faqat shu narsalarni his qilaman. Nega to‘xtashim kerak? Menimcha, mavsum so‘nggida titullar uchun kurashish eng yaxshi tuyg‘u bo‘lsa kerak. Mavsum oxirida trebl yutmasligimiz yoki birorta sovrin olmasligimiz ham mumkin. Buni kutish mumkin. Ammo biz ular uchun kurashayapmiz. Mana shunisi eng muhimidir".