Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

A Seriya qayta tirilmoqda, lekin muammolar bilan

A Seriya qayta tirilmoqda, lekin muammolar bilan

Baho:
+ | -

Chempion deyarli aniq bo‘lganiga qaramay, A Seriyaning joriy mavsumi juda qiziqarli o‘tmoqda. Avval ochko tortib olgan, keyin qaytargan, ammo yana olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan "Yuventus" bunga sababchilardan biridir. Aynan "byankoneri" Italiya chempionatidagi o‘zgarishlar katalizatoriga aylandi. Dastlab Turin klubining sobiq prezidenti Andrea Anelli Andrea Pirloni jamoaga bosh murabbiy etib tayinladi va bu milliy chempionatda intrigani jonlantirdi. Keyin Italiya klublari Yevropada o‘zini ko‘rsata boshladi.

A Seriyada raqobatning jonlangani yaxshi belgi. “Yuventus”ning ichki maydondagi gegemonligini birinchi bo‘lib “Inter” buzdi.

"Milan" o‘tgan mavsumda Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Napoli" bu mavsumda Skudettoni qo‘lga kiritishi aniq bo‘lib qoldi. 3 yil ichida uchta turli chempionlar bo‘lishi juda qiziq. Qolaversa, A Seriyada yevrokuboklarda qatnashish uchun jiddiy kurash ketmoqda. Ko‘pgina italyan klublari yaxshi moliyaviy ahvolda emas, shuning uchun UEFAdan pul mukofotlari ular uchun jiddiy bonus hisoblanadi.

"Roma", "Milan", "Inter" va "Atalanta" bir-birini kurashishga majbur qilmoqda, "Lasio" Maurisio Sarri qo‘l ostida yaxshi o‘ynadi va vise-chempion bo‘lishi mumkin, "Yuventus" esa umuman oldindan aytib bo‘lmaydigan holatda. "Byankoneri"dan endi hamma narsani kutish mumkin, faqat bir xil barqarorlikni emas. "Bolonya", "Sassuolo", "Udineze", "Fiorentina" va "Monsa" kabi boshqa jamoalar ham borki, ular katta byudjetga ega emas, ammo ambisiyalari katta. Ularning har biri favoritlardan ochko olib, chempionatda intrigani kuchaytirishi mumkin.

Italiya klublarining Yevropa arenasidagi muvaffaqiyatlarini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. 2014/15 va 2016/17 yilgi mavsumlarda "Yuventus" Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib borgan, biroq har ikki safar ham "Barselona" va "Real"ga mag‘lub bo‘lgan. 2019/20 yilgi mavsumda Yevropa Ligasi finalida “Inter” “Sevilya”ga yutqazdi. O‘tgan mavsumda A Seriya vakili nihoyat yirik g‘alabaga erishdi - aynan Italiya klubi (“Roma”) Konferensiyalar ligasi chempioni bo‘ldi.

Joriy yevrokuboklar mavsumi Italiya uchun so‘nggi yillardagi eng muvaffaqiyatli mavsumlardan biri hisoblanadi. A Seriyaning 5ta klubi Yevropa turnirlarining yarim finaliga chiqdi. Boz ustiga, ulardan biri Chempionlar ligasi finalida albatta o‘ynaydi. "Inter" va "Milan" o‘zaro o‘ynaydigan Chempionlar ligasining 1/2 finaliga chiqishdi, "Yuventus" va "Roma" Yevropa ligasida ishtirok etishda davom etishdi, "Fiorentina" esa Konferensiyalar ligasida kuchli to‘rtta jamoa ichidan joy oldi. Bu haqiqatdan ham nazariy jihatdan har bir Yevropa turnirida g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega bo‘lgan Italiya klublari uchun katta muvaffaqiyat.

A Seriya rang-barang bo‘lib bormoqda. Ko‘p narsa murabbiylarning mehnatiga bog‘liq. Jennaro Gattuzo o‘z intervyusida Covercianoda (futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi) bo‘lajak jamoa murabbiylariga ko‘proq erkinlik bera boshlaganini ta’kidladi.

Natijada jamoalar xilma-xil bo‘lib, favoritlar bilan o‘yinlardan unchalikqo‘rqmaydilar. Covercianoda yondashuvning o‘zgarishi ham murabbiylarga, ham ularning futbolchilariga ijobiy ta’sir qildi. Misol uchun, Italiyada o‘z vaqtida "Sassuolo"ni qayta qurgan va yevrokuboklar zonasiga yaqinroq qilgan Roberto De Zerbining mehnati hamon yuqori baholanadi.

A Seriya asta-sekin avvalgi holatiga qaytadi. Lekin shu bilan birga ligada ko‘plab muammolar saqlanib qolmoqda. Ulardan biri futbol infratuzilmasi bilan bog‘liq. Italiyadagi ko‘plab stadionlar rekonstruksiyaga yoki hech bo‘lmaganda qisman modernizasiyaga muhtoj. Biroq, italiyaliklarning futbolga bo‘lgan muhabbatiga qaramay, bu mamlakatga sarmoyani ushbu sport turiga jalb qilish oson emas. Deyarli barcha arenalar mahalliy hokimiyatlarga tegishli ekanligi ham ta’sir qiladi. A Seriyadagi klublardan faqat "Yuventus", "Atalanta", "Udineze" va "Sassuolo"ning o‘z stadionlari bor.

Italiyadagi eng zamonaviy stadionlardan birining egasi - "Udineze". Boshqa klublar uchun byurokratiya tufayli o‘z arenalarini yangilash juda qiyin. "Milan", "Roma", "Inter" va "Fiorentina" o‘z stadionlarini modernizasiya qilishni xohlashdi, lekin o‘z g‘oyalarini oxiriga yetkaza olishmadi. Natijada ko‘plab arenalar o‘yinlar vaqtida yarmi bo‘sh qolmoqda. Bu mahalliy aholining futbolga qiziqishi yo‘qligi uchun emas, balki xavfsizlik nuqtai nazaridan. Bu o‘z navbatida chiptalar daromadiga ham, translyasiya sotuviga ham ta’sir qiladi.

A Seriyaning OAV huquqlari bo‘yicha direktori Anna Guarnerio stadionlardagi atmosfera televizion tasvirga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Odamlar faqat qisman to‘ldirilgan va sokin stendlarga qarashga qiziqmaydi. Bu A Seriyaning televideniye daromadlari bo‘yicha atigi 4-o‘rinda turishining sabablaridan biridir. Mavsum uchun bu 1,178 milliard yevro, degani. Ulardan kuchli beshlikda faqat Liga 1 kamroq daromad oladi.

A Seriyaning xorijda unchalik mashhur emasligining yana bir sababi, yulduz futbolchilarning kamligidadir. Ular bor, lekin ular juda oz. O‘tgan mavsum oralig‘ida Italiya chempionatiga atigi 3 nafar jahonga mashhur futbolchi qo‘shildi: Anxel Di Mariya, Romelu Lukaku va Pol Pogba. Natijada, faqat argentinalik o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada ko‘rsatmoqda. Belgiyalik futbolchi mavsum oxiridagina o‘zini topdi, fransuz esa mavsumning ko‘p qismini kasalxonada o‘tkazdi.

Shu bilan birga, so‘nggi bir necha yil ichida A Seriya ko‘plab yulduz futbolchilarini yo‘qotdi. Italiyani Krishtianu Ronaldu, Kalidu Kulibali, Matteys de Ligt, Ashraf Hakimi, Janluiji Donnarummalar tark etdi.

Qolaversa, italyan klublarining aksariyatida moliyaviy qiyinchiliklar bor. Katta qarzlarsiz hozir turnir jadvalida faqat “Lasio” va “Napoli” yetakchilik qilmoqda. Shunday ekan, Italiya futbolining muammosi murakkab. Ehtimol, agar mamlakat Yevro-2032 ni o‘tkazish huquqini olsa, bu muammolar hech bo‘lmaganda qisman hal bo‘ladi. Bu sarmoyadorlarni jalb qiladi va hokimiyatning mahalliy klublarga nisbatan ijobiy munosabatiga ta’sir qiladi. Ammo funksionerlarning ham qiladigan ishlari ko‘p ular o‘z mahsulotini yaxshiroq sotishni o‘rganishlari kerak, bundan nafaqat bir kishi, balki butun liga foyda ko‘radi.

Kiritildi: 10:50, 30.04.2023.
O'qildi: 1732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.