Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli 2-0 Monsa
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Erik ten Xag rahbariyatga qarata: "Menga to‘qqizinchi raqam hujumchisini olib bering" — arablar xaridi hamma istaklarni amalga oshiradi

Erik ten Xag rahbariyatga qarata: "Menga to‘qqizinchi raqam hujumchisini olib bering" — arablar xaridi hamma istaklarni amalga oshiradi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag rahbariyatga o‘zi uchun markaziy hujumchi zarur ekanini aytgan. Bu so‘rov kelayotgan yozda amalga oshishi kutilmoqda. "Qizil iblislar" o‘z rejasi markaziga Xarri Keynni qo‘ygani aytiladi. Ammo uni olib kelish oson bo‘lmaydi. Negaki, 29 yoshli hujumchi uchun "Tottenxem" 100 million funt talab qilmoqda. Agarda "MYU" uchun Shayx Yassim tomonidan taklif etilgan 5.5 milliard funtlik taklif Gleyzerlar oilasiga ma’qul kelsa, jamoada yanada katta o‘zgarishlar bo‘lishi tayin. Xususan, arablar birinchi o‘rinda Neymarni sotib oladi. "Manchester Yunayted" yulduzlari ham, Gleyzerlar klubni sotib, jamoa ichidagi va muxlislar o‘rtasidagi salbiy kayfiyatga barham berishiga umid qilmoqda.

Payshanba kungi "Tottenxem" va "MYU" o‘rtasida kechgan bahsda mehmonlar muxlislari Xarri Keyn nomini kuyga solishgandi. Ten Xag esa Keynni "katta futbolchi va ajoyib shaxsiyat sohibi" deya ta’riflagan.
Niderlandiyalik mutaxassis, shuningdek, o‘z jamoasidagi hujumchi yetishmovchiligi haqida gapirdi: "Hamma biladi va bu narsa sir emas: uzoq vaqt, qariyb butun mavsum davomida bizga to‘qqizinchi raqamli futbolchi yetishmay keldi. Markaziy hujumchi borasida qiyinchiliklarga duch keldik. Biz Ronalduni jamoadan ketkizdik. Antoni Marsyal jarohatlarga duchor bo‘ldi. Jeydon Sancho esa sport formasini tiklab olishga qiynaldi. Shunday ekan, istalgan jamoada hujumchi muammo bo‘ladi. Ha, shu holda ham bizda markaziy hujumchi rolini bajaradigan vakillar bor. Ammo, baribir yanada hujumkor futbolchilar uchun ehtiyoj doimo sezilib turibdi".

"Manchester Yunayted" keyingi mavsumdan Keynni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi va u Reshford bilan kuchli hujum chizig‘ini hosil qiladi. Agarda shunday bo‘lsa, har ikki ingliz futbolchisi "MYU"da o‘z maoshini 200 mindan 300 ming funtgacha oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shaxy Yassim va Ser Retkliff juma kungi muddatga qadar o‘zining uchinchi taklifini bildirgan edi. Xususan, qatarlik sarmoyador, klub uchun 5.5 milliard funt sarflashga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Arablar boshqaruvida "Manchester Yunayted" tuzgan asosiy rejalar amalaga oshadi. Ten Xag Xarri Keyndan tashqari, "PSJ"dan Neymarni olib kelishga ham qodir bo‘ladi. Braziliyalik hujumchi parijliklar safida haftasiga 490 ming funt maosh olmoqda.
Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Retkliff ham taklif kiritgan va uning qo‘ygan puli qatarliklarnikidan ko‘proq ekani aytiladi. Ammo britaniyalik klubning faqatgina 69 foiz aksiyasini sotib olishni reja qilgan.

Keynning kelishi, hujumda o‘zgarish bo‘lishini ham anglatadi. Xususan, ten Xag Reshfordni chap qanotga olib o‘tadi. Oqibatda, u yanada mahsuldor futbolchiga aylanishi mumkin. Ha, aytgancha, "MYU" rejasida faqat Keyn mavjud emas. B rejadan "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen ham joy olgan. Shuningdek, markaziy hujumga Jonatan Devid, Rasmus Xyoylun, Tammi Abraxam yoki Dushan Vlaxovichlardan biri ham olib kelinishi, ehtimoldan holi emas. Ammo ularning hech birida Keyndagi kabi APL tajribasi mavjud emas. Nima bo‘lgan taqdirda ham "qizil iblislar"ni bu yozda katta o‘zgarishlar kutmoqda. Bu o‘zgarishlar klubni eski mavqeyiga olib chiqishi mumkin. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:00, 30.04.2023.
O'qildi: 5048 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.